● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Xitoyda 7,0 magnitudali zilzila: 16 kişi halok, 46 kişi yarador

Xitoyning janubi-ğarbidagi Xizang muxtor rayonida payşanba kuni keçqurun 7,0 magnitudali zilzila sodir böldi, 16 kişi halok böldi, 46 kişi jarohat oldi, deb xabar berdi mahalliy hokimiyat.

Xizang muxtor rayonidagi Nagqu şahriga qaraşli Baqen okrugida payşanba kuni keçqurun 7,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Mahalliy hokimiyatning maʼlum qilişiça, 16 kişi halok böldi, 46 kişi jarohatlandi. Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi. Şahar zilzila oqibatlarini bartaraf etiş ştabining maʼlumotiga köra, yer silkinişi Pekin vaqti bilan soat 22:33 da sodir bölgan.

Juma kuni ertalab soat 05:20 holatiga köra, jarohatlanganlardan 11 nafari oğir ahvolda, qolgan 35 nafari yengil jarohat olgan. Zilzila oqibatida 330 dan ortiq uy qulagan yoki şikastlangan.

Mintaqaviy ofatlarning oldini oliş, ularni kamaytiriş va yordam körsatiş qömitasi juma kuni qutqaruv işlarini qöllab-quvvatlaş uçun III darajali favqulodda javob çoralarini işga tuşirdi. Avvalroq, 20-oktabr kuni Xitoyda 4,9 magnitudali zilzila qayd etilgani xabar qilingan edi.