● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Mask ukrain dronlarini Starlink orqali çeklagan

"The Wall Street Journal" xabariga köra, Ilon Mask Starlink işini sekinlatişni şaxsan buyurgan va bu ukrain uçuvçisiz uçiş apparatlarining imkoniyatlarini jiddiy çeklagan.

"The Wall Street Journal" xabar berişiça, Ilon Mask Starlink tizimi işini sekinlatişni şaxsan buyurgan, bu esa ukrain uçuvçisiz uçiş apparatlarining imkoniyatlarini jiddiy çeklagan. Gazeta ma'lumotiga köra, qaror ommaga ma'lum bölgaç, Mask va AQŞ prezidenti Donald Tramp vaziyatni telefon orqali muhokama qilgan. Manbalardan biri ular bu masalani qaror qabul qilinişidan oldin ham muhokama qilganini da'vo qilmoqda.

Avvalroq Mask Starlink çeklovlari haqidagi qarorlar Amerika harbiylari va AQŞ prezidenti vakolatida ekanini oşkora aytgan edi. Biroq duşanba kuni Tramp tizim işining sekinlaşişi uçun kim javobgar ekanini bilmasligini ma'lum qildi.

Naşr qayd etişiça, Mask ham, Tramp ham Ukrainaning dizel yoqilğisi işlab çiqaradigan Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga berayotgan zarbalaridan norozilik bildirgan. Tramp bu hujumlar Kongressga oraliq saylovlar arafasida AQŞda yoqilği narxining ösişiga sabab bölmoqda, deb hisoblaydi.