Oç qolgan Oleşkida Melaniya Tramp sulhga erişdi
Oq uy xabar berişiça, AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp Rossiya bosib olgan Ukrainaning Oleşki şahrida Rossiya va Ukraina örtasida sulhga "muvaffaqiyatli erişdi": bu şahar aholisi omon qoliş uçun begona öt yeyişga majbur bölgan.
Oq uy bayonotiga köra, dori-darmon, oziq-ovqat va toza suvsiz qolgan Oleşkida sulh 29-oktabrdan kuçga kiradi. Bayonotda Oleşki "falokat yoqasida turgan front şahri" deb ataladi. Ukraina va Rossiya kelişuv aholini evakuatsiya qiliş va yordam yetkazib beriş uçun tuzilganini tasdiqladi. Ikki tomon ham öz kuçlari 27-oktabr kuni GMT böyiça soat 02:00 da otişmani töxtatişini maʼlum qildi. Sulh qança davom etişi bayonotda aytilmagan.
Oq uy maʼlumotiga köra, Melaniya Tramp va uning bir vakili "mahalliy sulh şartlarini kelişib oliş uçun Rossiya va Ukraina rahbariyati bilan bevosita işlagan". «Ikki davlatning harbiy bölmagan, fuqarolik vakillari birgalikda Oleşki aholisining uylariga borib, ularga qança yordam kerakligini aniqlaydi. Evakuatsiya qilinişni istaganlarga kelişilgan holda yordam beriladi va ular özlari tanlagan joyga olib borib qöyiladi. Kutişimça, baʼzilar Rossiyaga, baʼzilar esa Ukrainaga ketişni xohlaydi», — degan Melaniya Tramp. Uning aytişiça, Oleşki aholisi elektr quvvati yetişmaydigan, yöllari minalangan şaroitda yaşaydi va muntazam harbiy hujumlarga uçraydi: «Men aralaşmaganimda, şaharga insonparvarlik yordamini olib kiriş va keksalarni evakuatsiya qiliş imkonsiz bölar edi». Prezident Volodimir Zelenskiy partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari Davyd Araxamiya yaqin orada Oleşki va uning atrofini blokadadan çiqariş operatsiyasi boşlanişini maʼlum qildi: «Bu maqsadga erişiş uçun, AQŞ birinçi xonimi Melaniya Tramp eʼlon qilganidek, yaqin orada sulh örnatiladi». Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi esa «xohlovçilar bu aholi punktini tark eta olişini» tasdiqladi.
Rossiya Oleşkini 2022-yil fevralda boşlagan keng kölamli bosqinning ilk kunlaridayoq egallab olgan. Şahar Dnepr daryosining narigi qirğoğidagi Ukraina pozitsiyalari bilan şarqdagi Rossiya kuçlari orasida qolib ketgan, aholi esa söngği paytlarda omon qoliş uçun boğlardagi begona ötlarni yeyişga majbur bölgan. Uruşdan oldin şaharda 24 ming kişi yaşagan. Ukraina hisobiga köra, hozir şahar va uning atrofida 6 mingga yaqin kişi, şu jumladan 200 nafar bola qolgan. Ukraina taşqi işlar vaziri Andriy Sibiha aholi Rossiya kuçlarining "töliq blokadasi"da yaşayotganini aytgan. Kreml esa sentabrda Oleşkida "oğir vaziyat" va "oziq-ovqat hamda dori-darmon yetkazib berişda muammolar" borligini tan olgan, biroq bunga Kiyevni aybdor deb bilgan. Melaniya Tramp 2025-yil avgustda Putinga maktub yozib, "butun dunyodagi bolalar va kelajak avlodlarni himoya qiliş vaqti keldi", degan edi. Xabarlarga köra, 2025-yildan beri 34 nafar bola qaytarilgan, ulardan beş nafari şu yil iyulda qaytgan.