● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Malayziya Isroil sabab davlat xizmatçilariga Wazeʼni taqiqladi

Malayziya hukumati Isroil bilan aloqasi sabab davlat xizmatçilariga Waze navigatsiya ilovasidan foydalanişni taqiqladi.

"Bernama" axborot agentligi xabar berişiça, Malayziya Milliy kiberxavfsizlik qömitasi Boş vazir Anvar Ibrohim raisligida ötgan yiğilişda davlat xizmatçilarining Waze ilovasidan foydalanişini darhol taqiqlaşga qaror qildi. Qayd etilişiça, qaror foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlari va joylaşuvi haqidagi axborot xavfsizligi bilan boğliq xavotirlar tufayli qabul qilingan. Malayziya hukumati boş kotibi Şamsul Azri Abu Bakar davlat idoralariga barça vazirliklar, davlat muassasalari va mahalliy özini özi boşqariş organlarida taqiq ijrosini taʼminlaş haqida körsatma yubordi.

Bir kun oldin Anvar Ibrohim ijtimoiy tarmoqlarda Waze Isroil qonunçiligiga böysunişini maʼlum qilgan edi. Hukumat esa ilovadan foydalaniş bilan boğliq ehtimoliy xavfsizlik tahdidlarini örganmoqda. Boş vazir Waze örniga Malayziya Avtomobil yöllari boşqarmasi işlab çiqqan mahalliy TuJu navigatsiya ilovasidan foydalanişni tavsiya qildi.

«Gap fuqarolarimizning maʼlumotlari va şaxsiy axboroti xavfsizligi haqida ketganda, biz murosaga bora olmaymiz», — dedi Anvar Ibrohim.