● Sayt sinov rejimida işlamoqda

VEON Perfectumni 207 million dollarga sotib oladi

Beeline Uzbekistan egasi bölgan VEON xoldingi Perfectum mobil operatorining 100% uluşini qarzlarni hisobga olgan holda qariyb 207 million dollarga sotib olişga kelişib oldi.

Xalqaro VEON telekommunikatsiya xoldingi Özbekistonda Perfectum brendi ostida işlovçi Rubicon Wireless kompaniyasining 100% uluşini sotib oliş böyiça kelişuv imzoladi. Bu haqda kompaniyaning 19-oktabrdagi xabarida aytilgan. Bitimning umumiy summasi qariyb 207 million dollarni taşkil etadi, uning içiga Perfectumning taxminan 93 million dollarlik tölanmagan moliyaviy qarzdorligini öz zimmasiga oliş ham kiradi. VEON bitimning pul qismini öz mavjud mablağlari hisobidan moliyalaştiradi. Xolding xabariga köra, tartibga soluvçi organlarning zarur ruxsatnomalari allaqaçon olingan, xaridni 2026-yil oktabr oyi oxirigaça yakunlaş kutilmoqda.

Bitim natijasida VEON qöşimça radioçastotalar, tarmoq uskunalari va Perfectumning telekommunikatsiya infratuzilmasini qölga kiritadi: 850 va 3800 MGs diapazonlaridagi 115 MGs radioçastota spektri hamda Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi uskunalari asosida qurilgan 5G Standalone (SA) tarmoği. VEON baholaşiça, xarid Beeline Uzbekistanning radioçastota resurslarini taxminan 50%ga oşiradi. Kompaniya yangi aktivlardan amaldagi 4G/LTE tarmoğining qamrovi va ötkazuvçanlik qobiliyatini kengaytiriş, aholi va biznes uçun 5G xizmatlari hamda simsiz keng polosali internetni rivojlantirişda foydalanişni rejalaştirmoqda, ikki operator infratuzilmasining integratsiyasi esa kelgusidagi kapital va operatsiya xarajatlarini kamaytirişi kutilmoqda. «Özbekiston — VEON uçun eng asosiy ösiş bozorlaridan biri va bu xarid uning raqamli kelajagiga bölgan işonçimizni aks ettiradi», — dedi VEON guruhi boş direktori Kaan Terzioglu. Beeline Uzbekistan boş direktori Yevgeniy Nastradin esa Perfectumning çastota spektri operatorning mavjud resurslarini töldirişini va 5G xizmatlarini joriy etiş rejalarini qöllab-quvvatlaşini qayd etdi.

VEON xabarida bitimdan söng Perfectum brendi saqlanib qolişi yoki yöqligi hamda operator abonentlarini qanday özgarişlar kutayotganiga aniqlik kiritilmagan. 18-avgust kuni Perfectum investori Farhod Mamajonov Xorazm viloyatida prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvda VEON bilan 200 million dollarlik sarmoya böyiça keliştirilganini, biroq buning uçun Raqobatni rivojlantiriş va iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining ruxsati kerakligini aytgan edi. Avgustdagi davlat reyestri ma'lumotlariga köra, Perfectum uluşlari Farhod Mamajonov (50%), "IMC-Capital" MÇJ (41,23%) va Kamron Akbarov (8,77%) örtasida taqsimlangan. 2024-yilda Mamajonov 5G tarmoğini Britaniyaning Vodafone kompaniyasi bilan 250 million yevrolik loyiha doirasida işga tuşiriş reja qilinganini ma'lum qilgan edi. VEON Özbekistonda 2006-yil sentabridan buyon Beeline Uzbekistan brendi ostida "Unitel" MÇJ orqali faoliyat yuritadi, xolding aksiyalari Amerikaning Nasdaq birjasida sotiladi.