UNRWA: «Ğazoliklar suv içida uxlaydi»
BMTning Falastin qoçqinlari bilan işlaş agentligi (UNRWA) qiş oldidan Ğazodagi gumanitar ahvol xavotirli ekanini ma'lum qildi: aholining katta qismi hamon vayron bölgan boşpanalarda yaşamoqda va suv basgan joyda uxlaş xavfi ostida turibdi.
"Anadolu" agentligi xabar berişiça, UNRWA rahbari vazifasini bajaruvçi Kristian Saunders agentlikka bergan intervyusida «vaziyat juda jiddiy» ekanini aytib, qiş kirgunça tiklaş va qayta quriş işlarini tezlaştiriş kerakligini ta'kidladi. «Qiş yaqinlaşmoqda. Har yilgidek köp yomğir yoğadi. Infratuzilma vayron qilingani uçun suv odamlar yaşaydigan joylar atrofida töplanadi, odamlar suv içida uxlaydi, havo esa sovib ketadi. Bunday şaroit saqlanib qolişiga yöl qöya olmaymiz», — dedi u. Saunders Germaniya va boşqa Yevropa davlatlarini gumanitar yuklarga qöyilgan çeklovlarni olib taşlaş va tiklaş işlariga yöl oçiş uçun isroil hukumatiga bosimni kuçaytirişga çaqirdi: «Albatta, oldinga siljişimiz uçun bosim kuçayişini istaymiz».
Bu ogohlantiriş Ğazodagi sulh jarayoni toxtab qolgan bir paytda yangradi: 2025-yil oktabrida erişilgan ötkazişni toxtatiş kelişuviga qaramay, isroil kuçlari bombardimon va harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda. Yordam taşkilotlari va mahalliy soğliqni saqlaş idoralariga köra, sulh kuçga kirganidan beri 1400 dan ortiq falastinlik halok bölgan, import çeklovlari esa tiklanişni sekinlaştirmoqda. «Hamon odamlarning 90 foizdan ortiği çodirlarda, plastik brezent ostida yoki yarim vayron uylarda yaşamoqda», — dedi Saunders. Uning qayd etişiça, yerlarning atigi 3 foizida dehqonçilik qiliş mumkin, yangi meva va sabzavot deyarli yöq, borining narxi esa aholining aksariyati uçun qimmat; dori-darmon va tibbiy uskunalarga ham çeklovlar saqlanib qolmoqda. «Eng katta xavotir — bu holat odatiy hol bölib qolayotgani», — dedi u.
UNRWA hozir Ğazodagi 1,7 milliondan ortiq falastinlikka yordam berişga urinmoqda: 11 ta markazda tibbiy xizmat körsatadi, asosan çodirlarda 300 ming bolaga ta'lim beradi va qariyb 820 ming kişini içimlik suvi bilan ta'minlaydi. Biroq isroilning ayblovlaridan keyin bir qator donor davlatlar moliyalaştirişni qisqartirgan yoki toxtatgan. «Ayni paytda kamomad taxminan 70 million dollarni taşkil etadi. Yaqin orada mablağ kelmasa, yilni yakunlaş va xodimlarimizga maoş töylaş uçun ayrim afsusli çoralarni körişga majbur bölaman», — dedi Saunders. U isroilning UNRWA safiga «Hamas» kirib olgani haqidagi ayblovlarini rad etdi, bu ayblovlar bahonasida agentlik obyektlari qayta-qayta nişonga olingan va uning qariyb 400 nafar xodimi halok bölgan. «Menimça, isroil hukumati UNRWAni tanqid qiladi, çunki u UNRWA yöq qilinişini istaydi», — dedi Saunders. Şu bilan birga, u agentlik sulh, tiklaş va qayta quriş işlarida asosiy rol öynaşga tayyor ekanini bildirdi: «AQŞ prezidenti Trampning 20 banddan iborat rejasi, BMT Xavfsizlik Kengaşining 2803-rezolyutsiyasi, "Tinçlik kengaşi" va "Ğazoni boşqariş milliy qömitasi" — biz bu sa'y-harakatlarni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Ğazo sektorida 10 500 nafar xodimimiz bor».