TURKPA Bişkekda 4 ta model qonun qabul qildi
"Turkiy davlatlar parlament assambleyasi" (TURKPA)ning 15-yalpi sessiyasi 20-oktabr kuni Bişkekda "Bişkek deklaratsiyasi" qabul qilinişi bilan yakunlandi.
Qirğiziston parlamenti — Jöğorku Keneş xabar berişiça, sessiya "Yrys-Ordo" kongress zalida bölib ötdi va yakunida "Bişkek deklaratsiyasi" qabul qilindi. Hujjatda yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan takliflar, tavsiyalar va yakuniy qarorlar jamlangan. Sessiya "Sun'iy intellekt va texnologik taraqqiyot davrida turkiy dunyoda parlamentlararo hamkorlik" mavzusiga bağişlandi, unda törtta yangi model qonun ham qabul qilindi.
Sessiyadan söng Qirğiziston parlamenti spikeri Marlen Mamataliyev, Ozarbayjon Milliy Majlisi spikeri Sahiba Ğafarova, Qozoğiston tomonidan qatnaşgan Aybek Dadebay, Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Numan Kurtulmuş va TURKPA Boş kotibi Ramil Hasan matbuot anjumani ötkazdi. Mamataliyevning aytişiça, iştirokçilar asosiy e'tiborni parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va Assambleya faoliyati samaradorligini oşirişga qaratdi. U Qirğiziston TURKPA doirasida, ayniqsa raqamlaştiriş va sun'iy intellekt, yoşlar siyosati hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini ta'kidladi. Sahiba Ğafarova Qirğizistonning jadal rivojlanayotganini qayd etib, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari haqida gapirdi, Aybek Dadebay esa parlamentlar qardoş xalqlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş va qonun ijodkorligi sohasida tajriba almaşişni davom ettirişi muhimligini ta'kidladi.
Numan Kurtulmuş yiğilişda körib çiqilgan masalalarni sanab ötdi va TURKPAning navbatdagi yalpi sessiyasi Turkiyada bölişini ma'lum qildi. Ramil Hasan 15-yalpi sessiya yakunlarini sarhisob qildi. TURKPAga a'zo davlatlar parlamentlari rahbarlari Bişkekdagi tadbirlarning taşkil etilişiga yuqori baho berib, Marlen Mamataliyevga qöllab-quvvatlaş va mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi.