● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Tramp: «Venesuelani 51-ştatimiz qilaylik»

AQŞ prezidenti Donald Tramp 3-noyabrdagi Kongress saylovlari oldidan Texasda ötkazgan mitingda Venesuelani AQŞga qöşiş va Eron bilan uruşni tez orada tugatiş haqida gapirdi.

Tramp Venesuela haqidagi ğoyasini neft bilan asosladi. Uning aytişiça, AQŞ bu davlatdan katta hajmda neft sotib olmoqda, bir qator amerika neft kompaniyalari esa u yerga jiddiy sarmoya kiritgan.

Prezident Venesuela bilan munosabatlarni «ajoyib» deb atadi va bu mamlakat yaqinda farovon davlatga aylanişiga işonişini bildirdi. Şundan söng u Lotin Amerikasidagi bu davlatni AQŞ tarkibiga qöşiş fikrini oçiq ilgari surdi.

«Balki yaqin kelajakda bu yer bizning 51-ştatimizga aylanar. Bu mumkin, keling, buni amalga oşiraylik, uni 51-ştatimiz qilaylik. Davlat rahbari örniga gubernator saylovini ötkazaylik», — dedi Donald Tramp.

Mitingda Tramp Eron bilan uruşga ham töxtaldi. Uning daʼvosiça, uruşni AQŞ emas, 1978-yilda Eron boşlagan, Eron hukumatlari esa köplab amerikalik askarlarning ölimiga masʼul. Prezident yoqilği narxlarining yuqoriligini Eron yadro quroliga ega bölmasligi evaziga tölanayotgan «ança kiçik baho» deb atadi.

«Keça kimdir söradi: „Agar yana qilişingizga töğri kelsa, Eronga baribir hujum qilarmidingiz?“ Men esa „albatta, bu men qilgan eng yaxşi işlardan biri edi“ dedim», — dedi Tramp.

Prezident Eron siyosati Kongress saylovlariga salbiy taʼsir qilişini kutmayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, Eronning «armiyasi, harbiy floti yoki boşqa heç narsasi qolmagan», şu bois uruş yaqinda tugaydi. Tramp amerikaliklarga yoqilği narxlari tez orada keskin tuşişini ham vaʼda qildi.