Toşkent hovlilarida mikroörmonlar: yaşil yerni sotiş taqiqlandi
Poytaxtda böş yer kam mahallalar, köp qavatli uylar orasidagi hovlilar hamda maktab va boğçalar hududida ziç ekilgan mikroörmonlar paydo böladi.
Bu vazifa Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov 19-oktabrda qabul qilgan qarorda belgilangan. Mikroörmonlar uçun hajmi 200 dan 1000 kvadrat metrgaça bölgan uçastkalar ajratiladi va ularga har bir kvadrat kilometr hisobiga kamida ikkitadan daraxt hamda buta köçati ziç qilib ekiladi. Ködalamzorlaştiriş uçun yer topib bölmaydigan, asfalt yoki beton bilan qoplangan joylarda esa yirik köçat tuvaklari qöyilib, kiçik jamoat boğlari yaratiladi. Tuvaklarni tuman hokimliklari va homiylar örnatadi, sifatli köçatlar bilan Örmon xöjaligi agentligi ta'minlaydi, ularni ekiş va parvarişlaş esa aholi iştirokida mahallalar zimmasiga yuklanadi. Har bir bunday boğ uçun suv ta'minoti, konteynerlarning butligi va ösimliklar qarovi böyiça mas'ul şaxslar tayinlanişi şart.
Qarorga binoan, yaşil boğlar uçun ajratilgan yerlar boşqa maqsadda işlatilmaydi: ularni jismoniy yoki yuridik şaxslar mulkiga ötkaziş, ularda quriliş olib boriş, inşoot qöyiş va özga faoliyat yuritiş man etiladi, aholining bu hududlarga kirişini çeklaş ham mumkin emas. Fuqarolar va tadbirkorlar özi barpo etgan boğlar xatlovdan ötkazilib, reyestrga kiritiladi. 2027-yil 1-yanvardan "Yaşil lot" tizimi orqali fuqaro va kompaniyalarga boğ yaratiş uçun yer şartnoma asosida beriladi — bunday uçastkalar böyiça takliflar, e'lonlar va şartnomalarni tuman hokimliklari kadastr hamda ekologiya idoralari bilan hamkorlikda tayyorlaydi. Bundan taşqari, tumanlar 1-noyabrgaça öz "yaşil dasturlari"ni işlab çiqişi, 2027-yildan boşlab esa ularni har yili 1-martgaça tayyorlab qöyişi lozim. Dasturlarda yaşil boğlar, soyali sayr köçalari, köllar, yomğir, qor va oqova suvlari hisobiga işlaydigan suğoriş tizimlari, daraxtlar parvarişi va çiqindi yiğiş şoxobçalari böyiça aniq loyihalar, ularning moliyalaştiriş hajmi, muddati, ijroçilari va kutilgan natijasi körsatiladi; hujjatlarni xalq deputatlari tuman kengaşlari körib çiqib tasdiqlaydi. Yangihayot tumanida dastur ijrosi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlari hisobidan uç oy içida boşlanadi.
Toşkentda daraxt va buta ekişning kuzgi mavsumi 10-noyabrdan start oladi. Ungaça şahar xizmatlari yer maydonlarini tayyorlab, suğoriş tizimlarini tekşirib sozlaşi, tuproqqa işlov berişi va boşqa agrotexnik tadbirlarni bajarişi kerak. 1-oktabrda e'lon qilingan ikki oylik tozalik kampaniyasi doirasida ariq va kanallar, köçalar, jamoat joylari hamda köp qavatli uylar atrofi çiqindidan tozalanadi, suv çiqariş tizimlari mavsumiy yoğingarçilikka tayyorlanadi. 2026-yil oxirigaça mahallalarga kiriş joylarida ködalamzorlaştiriş foydasi va hududning ekologik ködrsatkiçlari aks etgan bannerlar hamda elektron tablolar qöyiladi. 2027–2036-yillarga möljallangan dastur doirasida 2028-yil yanvarigaça "Yaşil makon" platformasida "Daraxtlar balansi" moduli işga tuşiriladi: u har bir daraxtni joylaşuvi, turi, yoşi, holati, suğoriş manbai va parvarişga mas'ul şaxsi bilan hisobga oladi. Botanika va dendrologiya boğlari, örmon xöjaliklari va yirik yaşil hududlarda kompost va mulçalaş tizimi joriy etiladi, har bir tuman kamida bitta şox-şabba maydalagiç bilan ta'minlanadi.