Tez yuradiganlarda ölim xavfi 23 foiz past
Trondheymdagi Norvegiya fan va texnologiya universiteti olimlari 4000 dan ortiq britaniyalik davlat xizmatçisini kuzatib, tez qadam taşlaydiganlar har qanday sababdan kamroq vafot etişini aniqladi.
Ölçov oddiy edi: yuriş tezligi va bir daqiqadagi qadamlar soni. Tadqiqotda qatnaşganlarning örtaça yoşi 69 atrofida bölib, ular 1980-yillar oxirida boşlangan salomatlik loyihasi doirasida har 4–5 yilda klinik körikdan ötib kelgan.
2012 va 2013-yillarda olimlar ularning qanday tezlikda yurişini ölçadi, maxsus qurilma esa sayr paytida daqiqadagi qadamlarni sanab bordi. Natijaga köra, tezroq yuradiganlarda kuzatuv davrida hayotdan köz yumiş xavfi 23 foiz, qadamini tez-tez taşlaydiganlarda esa 17 foiz pastroq çiqdi.
Nyu-Yorkdagi Şimoliy Staten-Aylend universitet kasalxonasi tibbiyot bölimi raisi Teodor Strenj bu boğliqlikning sabablari köp bölişi mumkinligini aytadi. Uning fikriça, tez yuradigan odamda surunkali xastaliklar kamroq uçraydi, borlari ham yaxşiroq nazoratda turadi. Salomatlik yomonlaşa boşlaganda esa aynan yuriş tezligi birinçilardan bölib pasayişi mumkin.
«Klinik yuriş tezligi yuqoriroq bölişi, ehtimol, yaxşiroq salomatlik bilan boğliq. Uni yöqotganingizda esa yiqiliş, holsizlik, biliş qobiliyati susayişi va oxir-oqibat kasallaniş hamda ölim xavfi oşişi mumkin», — dedi Teodor Strenj "Medical Xpress" naşriga.
Yaxşi tomoni şundaki, mutaxassis taklif qilgan yöl hammaga oçiq. U yurişini tezlaştirmoqçi bölganlarga avval özlariga qulay surʼatdan boşlab, keyin daqiqadagi qadamlar sonini asta-sekin köpaytirişni maslahat beradi.
«Turgan joyingizdan boşlang va bir neça kun davomida hozirgi qadamlaringiz sonini kuzatib boring. Ularni 5000–6000 ga yetkazing, söngra kuniga 7000–8000 qadamga çiqişga harakat qiling», — dedi u.