Turkiya va 21 davlatda 10 139 yetim TDV homiyligida
Turkiya Diyonat vaqfi (TDV) mamlakat içida va xorijda jami 10 139 nafar yetimga homiylik qilmoqda.
Turkiya Diyonat vaqfi (TDV) "Unutsang, yetim qoladi" ("Unutursan Yetim Kalir") loyihasi doirasida Turkiyaning 60 viloyatida 8 ming, xorijdagi 21 davlatda 2 139 nafar, jami 10 139 nafar yetim bolaga homiylik qilib, ularga har oy muntazam pul yordami yetkazmoqda. Homiylikdagi yetimlarga Ramazon va Qurbon hayitlarida bayramlik kiyim hamda oziq-ovqat xaridi uçun yordam kartalari beriladi, kuzda kiyim-keçak, öquv yili boşida esa kanselyariya yordami körsatiladi. Yil oxirida tabel uçun sovğalar topşiriladi, bolalarning ijtimoiy va maʼnaviy rivojini qöllab-quvvatlaydigan tadbirlar ham ötkaziladi.
Homiylikka olinmagan yetimlar ham unutilmaydi: mamlakat içida va xorijda köplab muhtoj yetimlarning taʼlim, kanselyariya, kiyim va oziq-ovqat ehtiyojlari uçun yordam berilib, yetimxonalarga oziq-ovqat va jihozlar yetkaziladi. Bu işlar yetim bolalarning asosiy ehtiyojlarini qondirişga va yetimxonalardagi turmuş şaroitini yaxşilaşga xizmat qilmoqda. TDV ötgan yili 27 davlatda amalga oşirilgan 60 xil loyiha orqali qariyb 50 ming yetimga yordam körsatgan.
Loyihani bagis.tdv.org manzilidagi onlayn xayriya kanali orqali yoki vaqfning boş qarorgohi, viloyat va tuman filiallariga murojaat qilib qöllab-quvvatlaş mumkin. Yetimga homiy bölişni istagan xayriyaçilar kamida bir yillik homiylik haqini tölaşi kerak: xayriya har oy muntazam yoki bir yöla qilinişi, bir neçta yetimning homiyligini ham oliş mumkin. Oylik homiylik haqi 1 500 lira, 28 yevro yoki 28 dollarni taşkil etadi; bundan taşqari, istalgan miqdorda xayriya qiliş yoki 5601 raqamiga "YETIM" deb SMS yuborib, 200 lira yordam beriş mumkin.