● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Madina osmonida 5 ta dron urib tuşirildi

Yamandagi qonuniy hukumatni qöllab-quvvatlayotgan, Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasi Madinai Munavvara va mamlakat şarqida 5 ta uçuvçisiz uçiş apparati tutib qolinib, urib tuşirilganini eʼlon qildi.

Arab koalitsiyasi rasmiy vakili general-mayor Turki al-Maliki AQŞda joylaşgan X kompaniyasining ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Saudiya Arabistoni uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan nişonga olinganini maʼlum qildi. Uning söziga köra, koalitsiya kuçlari aniqlagan 5 ta dron tutib qolinib, urib tuşirilgan, ular Madinai Munavvara va mamlakatning şarqiy hududida yöq qilingan. Maliki dronlar qayerdan uçirilgani, hodisada qurbonlar yoki zarar bor-yöqligi haqida maʼlumot bermadi.

Yaman 2014-yil sentabrida Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar poytaxt Sano va bir qator viloyatlarni nazoratga olganidan keyin boşlangan fuqarolar uruşi maydoniga aylangan. Saudiya Arabistoni boşçiligidagi Arab koalitsiyasi 2015-yil martidan buyon xalqaro hamjamiyat tan olgan Yaman hukumatini qöllab-quvvatlab kelmoqda.

Sönggi paytlarda Yamanda hukumat kuçlari bilan husiylar örtasidagi toqnaşuvlar kuçaygan. Eron qöllab-quvvatlaydigan husiylar özlariga hujum uyuştirilganini daʼvo qilib, Saudiya Arabistonini ballistik raketalar va uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan nişonga olmoqda.