● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Saudiya koalitsiyasi: Kahbubdagi vaziyat «juda xavfli»

Saudiya Arabistoni yetakçiligidagi koalitsiya Yamanning janubi-ğarbidagi Kahbub atrofida husiylar bilan şiddatli janglar ketayotganini bildirdi.

Koalitsiya rasmiy vakilining söziga köra, harbiylar husiylarning keng miqyosli hujumini töxtatişga urinmoqda, husiylarga qarşi bombardimonlar esa tobora şiddat olmoqda.

Vakilning taʼkidlaşiça, jang harakatlari töxtamagan bir paytda koalitsiya qöşinlari va Yaman kuçlari havodan «keng kölamli havo qoplami» bilan quvvatlanmoqda. U hozirgi holatni «juda xavfli» deya baholadi.

Bu haqda 21-oktabr kuni "Middle East Eye" naşrining jonli yangiliklar lentasida xabar berildi.