● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Rossiya droni Xarkovdagi boğda 6 kişini öldirdi

Ukraina rasmiylari ma'lumotiga köra, duşanba kuni Xarkov viloyatidagi qişloq boğiga uyuştirilgan Rossiya dron hujumida 6 kişi, jumladan 3 bola halok böldi.

Duşanba kuni Ukrainaning şimoli-şarqidagi Xarkov viloyatiga qaraşli qişloqlardan biridagi boğga Rossiya dronlari hujum qildi. Hujumda 6 kişi, şu jumladan 3 bola halok böldi, deb ma'lum qildi viloyat gubernatori Oleh Sinyehubov. Avvalroq u Xarkov şahridan janubi-ğarbda berilgan zarba oqibatida 15 kişi yaralanganini xabar qilgan edi.

Içki işlar vaziri Ivan Vixivskiyning aytişiça, dron oilalar bolalari bilan öynab yurgan boğga borib urilgan.

Vixivskiy aravaçada yotgan bola jasadi aks etgan, xiralaştirilgan suratni e'lon qildi. Internetda tarqalgan boşqa suratlarda esa qutqaruv xizmati xodimlari şikastlangan bino atrofida işlayotgani körinadi.