Rafah tunnellarida oçlikdan şahid bölgan mujohidlar ismi oçiqlandi
Ğazoning Rafah hududidagi tunnellarda jasadlari topilgan va oçlik tufayli şahid bölgan Qassom mujohidlaridan ikkitasining kimligi maʼlum qilindi.
Rafahdagi tunnellarda Qassom mujohidlaridan bir guruhining jasadlari topildi. Ulardan ikkitasining ismi eʼlon qilindi: Abdulfattoh Abdulhodiy Zaqqut va Iyod Mahmud Şalluf.
Xabar qilinişiça, mujohidlarning jasadlarida hujum izi yöq. Ular tunnellar qamal qilingani sababli yuzaga kelgan oçlikdan şahid bölgan.
Topilgan guruhning qolgan aʼzolari kimligi haqida hozirça maʼlumot berilmagan.