● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Qirğiziston olimlar ustamasini ikki baravar oşirmoqçi

Qirğizistonda ilmiy daraja uçun beriladigan oylik ustamalarni 2027-yil 1-yanvardan ikki baravar oşiriş taklif etildi.

Bu taşabbus uçun davlat byudjetidan har yili qöşimça 97 million som kerak böladi. Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Taklifga köra, fan doktorlariga beriladigan oylik ustama 2700 somdan 5400 somga oşadi. Fan nomzodlari, PhD va professional doktorlik darajasi egalariga esa ustama 1350 somdan 2700 somga oşadi. Bu tadqiqotçilarning barça toifasi uçun 100 foizlik oşiş degani.

Loyihaga ilova qilingan tuşuntiriş xatiga köra, ustama oşsa, 4968 nafar tadqiqotçi bundan foyda köradi: 1038 nafar fan doktori, 3662 nafar fan nomzodi hamda PhD yoki professional doktorlik darajasiga ega 268 nafar mutaxassis. Hozir ustamalarga yiliga 97 297 200 som sarflanadi, oşirilgandan keyin esa bu xarajat 194 594 400 somga yetadi. Davlat byudjetiga har yili tuşadigan qöşimça xarajat 97 297 200 som böladi.

Loyiha mualliflarining fikriça, ustama oşsa, olimlar tadqiqot olib boriş va ilmiy kadrlar tayyorlaşga köproq rağbatlanadi, mamlakatning ilmiy salohiyati esa mustahkamlanadi. Davlat muassasalari xodimlariga ustama davlat byudjetidan tölanadi. Öz-özini moliyalaştiradigan taşkilotlar esa uni öz mablağlari hisobidan töişi kerak böladi.