5 ming gektarda "Yangi Qarşi": 500 ming kişilik şahar quriladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qarşi yaqinida 500 ming kişi yaşaydigan yangi şahar barpo etilişini eʼlon qildi.
Davlat rahbari Qaşqadaryoga safari çoğida ötkazilgan yiğilişda maʼlum qilişiça, "Yangi Qarşi" şahri Qarşi şahri, Kökdala va Qarşi tumani tutaşgan hududda, 5 ming gektar yerda quriladi. Boş rejani tayyorlaşga nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etiladi, u ikki oy içida ilğor şaharsozlik yeçimlari asosida işlab çiqilişi kerak. Prezident matbuot xizmati xabariga köra, bu iş uçun dastlab 20 milliard söm ajratiladi. Yangi hududda köp qavatli uylar, savdo va biznes markazlari hamda turar joylar "yaşil" va "aqlli" şahar tamoyillariga muvofiq barpo etiladi.
Bundan taşqari, Qarşi tumanida kanal qirğoğida 235 gektarlik "Yangi Nasaf" ekomajmuasi qurilişiga kirişiladi. Viloyatda daraxt ekiş va kökalamzor maydonlarni kengaytiriş böyiça "Qaşqadaryo tajribasi" şakllantiriladi: endi har yili Navröz oldidan "Eng yaşil mahalla" tanlovi ötkaziladi, unda ğolib çiqqanlarga elektromobil va boşqa qimmat sovğalar beriladi.
Mirziyoyevning aytişiça, viloyat yiliga 6 million sayyohni qabul qila oladi. Joriy yil boşidan Qaşqadaryoga 2,5 million turist kelgan, birgina Ğelon qişloğiga borganlar soni 500 mingga yetgan. Ğelondagi toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçi Tatariston bilan birgalikda kelgusi yili işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Çiroqçidagi Tarağay, Kitobdagi Başir va Yakkaboğdagi Tatar qişloqlarini etnoturizm markaziga, Şahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtuşar qişloqlarini esa toğ daryolari hisobiga rafting va sport turizmi maskaniga aylantiriş mumkin. Masʼullarga şu olti qişloq uçun bir oyda master-reja tuzib, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boşlaş topşirildi. Har bahorda Ğuzorda "Lola va kabob", Kökdalada esa "Çiyal yaxna" gastronomik festivallari ham ötkaziladi.