● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Özbekiston elektr importini 27,2 foizga qisqartirdi

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 69,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi olinib, işlab çiqariş 8,4 foizga ösdi.

2026-yilning töqqiz oyi yakuniga köra, mamlakat energetika tizimi jami 69,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqardi. Bu hajm 8,4 foizlik ösişni anglatadi.

Ayni paytda Özbekistonning xorijdan elektr energiyasi xarid qilişi sezilarli kamaydi: şu davrda import 27,2 foizga qisqargan.

Qayta tiklanuvçi, yaʼni «yaşil» manbalardan olingan energiya hajmi esa atigi töqqiz oy içida 2025-yil davomida işlab çiqarilgan yillik miqdorga tenglaşdi.