● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Rubio tan oldi: AQŞ Özbekistonga keç e'tibor qaratdi

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda Vaşington Markaziy Osiyo va Özbekistonga ertaroq e'tibor berişi kerak bölganini aytdi, Özbekiston rahbariyati esa amerikalik biznesga barqaror va tuşunarli şart-şaroit va'da qildi.

Amerika-Özbekiston Işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişi 19-oktabr kuni Samarqandda ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev ikki davlat aloqalari hamkorlik tarixidagi «eng yuqori çöqqi»ga yetganini aytdi va bunda Donald Trampning hissasini alohida ta'kidladi. Uning ma'lum qilişiça, tomonlar umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollar bölgan 54 ta kelişuv va taşabbusni jamlagan. Hamkorlikning istiqbolli sohalari sifatida u muhim minerallar, energetika, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni sanadi hamda uç yönalişli harakatlar dasturini taklif etdi: investorlar uçun tuşunarli şart-şaroit va Plant and Play tamoyiliga tayangan yangi model, alohida loyihalardan keng kölamli sanoat şerikligiga ötiş, kengaşni esa uzoq muddatli strategik mexanizmga aylantiriş — jumladan, 2035-yilgaça savdo-investitsiya va texnologik hamkorlik böyiça qöşma dastur tuziş. Bunday loyihalarda qatnaşiş uçun töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi tuzilgan. «Bizning vazifamiz — amerikalik investor Özbekistonga kelganida ma'muriy tartib-taomillarga vaqt sarflamasdan, darhol biznesni boşlaşini ta'minlaşdir», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Vaşington uçun Markaziy Osiyo bilan munosabatlar ustuvor ekanini, AQŞ mintaqa bilan ham, Özbekiston bilan alohida ham şeriklikni kuçaytirmoqçi ekanini bildirdi. Uning aytişiça, Qöşma Ştatlar uzoq vaqt «muammoli mintaqalar, davlatlar yoki masalalar»ga diqqat qaratib, yangi imkoniyatlarni qöldan boy bergan. «Biz oldinroq va faolroq harakat qilişimiz kerak bölgan dunyo mintaqalaridan biri — Markaziy Osiyo, xususan, Özbekistondir», — dedi Rubio. Davlat kotibi Özbekiston va mintaqaning bir qator boşqa davlatlari yil oxirida AQŞda bölib ötadigan G20 sammitiga kuzatuvçi sifatida taklif qilinganini muhim qadam deb atadi. U hamkorlik rivojlanişi mumkin bölgan sohalar qatorida energetika, robototexnika, fintex, toğ-kon sanoati va qişloq xöjaligini sanadi, kengaş hamraislari — Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gorga minnatdorlik bildirdi.

Saida Mirziyoyeva kengaş biznes muammolarini amalda hal qiladigan vositaga aylanişini ta'kidladi. «Biz sizga şunçaki navbatdagi qömitani emas, balki çindan ham işlaydigan mexanizmni va'da qilamiz. Iyun oyida Toşkentga qariyb 200 ta Amerika kompaniyasi vakillari taşrif buyurdi — bu rekord natijadir», — dedi u. Uning söziga köra, oradan tört oy ötib AQŞdan yana yuzta kompaniya kelgan, yiğilişda qatnaşgan har bir kompaniya aniq aloqa manziliga ega böladi va ular kötargan muammolar bevosita hamraislargaça yetkaziladi. Prezident administratsiyasi rahbari, şuningdek, Rubio «sovuq uruş sarqiti» deb atagan Jekson-Venik tuzatişining bekor qilinişini qöllab-quvvatladi va işbilarmonlarni salohiyat haqidagi gaplardan aniq amaliy qadamlarga ötişga çaqirdi.