Buxorolik uç egizak qiz Anqarada şifokor bölmoqda
Buxoroda tibbiyot ta'limini boşlagan uç egizak opa-singil Sabina, Madina va Zarina Xamrayevalar şifokorlik yölini Turkiyada davom ettirmoqda.
23 yildan beri bir-biridan heç ayrilmagan uç egizak opa-singil "Soğliqni saqlaş fanlari" universiteti (SBÜ) qoşidagi "Ibn Sino Buxoro tibbiyot fakulteti"da 5 yil tahsil olgaç, bitiruv kursidagi internaturani Anqaradagi "Gülhane" ta'lim va tadqiqot şifoxonasida ötamoqda. Sabina, Madina va Zarina bitta yotoqxonada yaşaydi, darsga birga kiradi, birga ovqatlanadi, birga dars tayyorlaydi va kun davomida tez-tez bir-biri bilan boğlanib turadi. Şifoxonadagi amaliyotda esa ular turli bölimlarda işlaydi. Opa-singillar 2,5 oydan beri Anqarada ekani, ta'limni turk tilida olgani uçun muloqotda qiynalmayotganini aytdi.
SBÜ rektori professor Kemalettin Aydin uç egizak bilan uçraşdi va Anadolu agentligi muxbiriga universitet Ibn Sino tuğilgan yurtga nisbatan vafo va birodarlik masʼuliyati bilan iş yuritayotganini, şu doirada 7 yil oldin "Ibn Sino Buxoro tibbiyot fakulteti"ni oçganini aytdi. Uning söziga köra, fakultet talabalari ta'limning bir qismini Turkiyada oladi, darslar turk tilida öqitiladi va bitiruvçilarga Turkiya Respublikasi diplomi beriladi. Rektorning ma'lum qilişiça, opa-singillarning internaturasi iyun oxirida yakunlanadi, şundan söng ular şifokor sifatida bitiradi. «Özbekistondagi Ibn Sino avlodlarini ming yil öğib, Turkiya Respublikasining Soğliqni saqlaş fanlari universitetida — ta'limning 5 yilini u yerda olib, söng bir yillik, oxirgi kurs internaturasini şu yerda yakunlab — bitiruvçi qilamiz», — dedi Kemalettin Aydin. U talabalar Turkiyada olgan ta'lim va Turkiya diplomi bilan öz yurtida tibbiy xizmat körsatişini, SBÜ ularni bitiruvdan keyin ham kuzatib borişini qöşimça qildi.
Sabina Xamrayevaning aytişiça, şifokorlik ularning bolalikdagi orzusi, ular odamlarga yordam berişni istaydi. Zarina Xamrayeva uç egizak böliş ular uçun yoqimli tuyğu ekanini ta'kidladi: «Birga dars qilamiz, birga öqiymiz. Imtihonlarga keçqurun birga tayyorlanamiz. 23 yildan beri bir-birimizga suyanç bölib kelyapmiz». U oralaridagi farq bor-yöği bir-ikki daqiqa ekanini aytib: «Men uç daqiqa oldin dunyoga kelgan ekanman, lekin özimni opadek his qilmayman», — dedi. Sabina esa bir xonada yaşasalar-da, şifoxonada turli yönalişlarda amaliyot ötayotganini aytdi: «Ikkimiz pediatriyada, birimiz içki kasalliklar bölimida. Butunlay ajralganimiz yöq, ikkimiz baribir birgamiz». Opa-singillarning aytişiça, şifoxonada ularni körganlar hayron qoladi va köp odam ular bilan suratga tuşişni xohlaydi. Uç egizak Anqarani, şifoxonadagi ta'limni va turk taomlarini yoqtirişini aytdi. Ularning kuni ertalab poliklinikada boşlanadi, tuşlikni birga qiladi, tuşdan keyin dars tayyorlaydi va keçqurun yotoqxonaga birga qaytadi; kun davomida esa bir-biriga tinimsiz xabar yozib turadi.