● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Belarus dalasiga özbek sarimsoği ekildi: hosil 2027-yilda

Vitebsk viloyatidagi xöjalik Özbekistondan olingan «Qizil may» kuzgi sarimsoqpiyozini sinov tariqasida 2,5 gektar yerga ekmoqda.

Tajriba maydoni Vitebsk tumanidagi «Olgovskoye» işlab çiqariş kooperativiga qaraşli. Xöjalik bu navni birinçi marta ekmoqda, buning uçun yumşoq va unumdor tuproqli dala tanlangan. Jarayonni özbek agronomlari belaruslik mutaxassislar bilan birga nazorat qilmoqda, ekişda esa Andijonda joylaşgan «Texmaş» qöşma korxonasining maxsus uskunalari qöllanmoqda.

Belarus iqlimida qaysi usul köproq hosil berişini biliş uçun mutaxassislar ikki sxemani soliştirmoqda: 75 santimetrli ikki qatorli va 40 santimetrli uç qatorli ekiş. Kooperativ boş agronomi Olga Yakovlevaga köra, nihollarning öçişi muntazam kuzatib boriladi, ilk hosilni esa 2027-yil iyulida yiğib oliş möljallangan. Şu mavsumda özbek sarimsoği L. Dovator nomidagi Ulla davlat kolleji yerlariga ham ekilişi rejalaştirilgan.

«Dunyo» axborot agentligi Belarus OAViga tayanib tarqatgan xabarda Vitebsk viloyati bilan Özbekiston hududlari, ayniqsa Andijon örtasidagi agrar aloqalar jadallaşayotgani qayd etilgan. Bundan oldin viloyatda özbek fermerlariga kartoşka ekiş uçun 2 ming gektar maydon berilgani hamda çorvaçilik böyiça qöşma loyihalar yölga qöyilgani maʼlum qilingan edi.