● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Pokistonda bir haftada 517 afğon hibsga olindi

Pokistonda hujjatsiz afğon fuqarolarini hibsga oliş davom etmoqda: xalqaro taşkilotlarning qöşma hisobotiga köra, 11–17-oktabr kunlari 517 nafar afğon uşlangan.

Pokiston hukumati hujjatsiz afğon fuqarolarini hibsga olişda davom etmoqda. "Xalqaro migratsiya taşkiloti" (IOM) va BMTning Qoçoqlar işlari böyiça Oliy komissarligi (UNHCR) qöşma hisobotiga köra, 11–17-oktabr kunlari Belujiston, Sind va Xayber-Paxtunxva viloyatlarining uç tumanidan 517 nafar afğon hibsga olingan. Ularning aksariyati (97 foizi) Afğon fuqarosi kartasi (ACC) egalari va hujjatsiz şaxslar bölgan, Röyxatdan ötganlik guvohnomasi (POR) egalari esa 3 foizni taşkil etgan.

Hibsga olişlarning taxminan 56 foizi Belujistonda, 34 foizi Panjobda, 10 foizi Xayber-Paxtunxvada qayd etilgan. Hisobotda taʼkidlanişiça, 2023-yil 15-sentabrdan 2026-yil 17-oktabrgaça Pokistondan Afğonistonga qaytarilgan afğonlar soni taxminan 2 744 068 nafarga yetgan.

Şu haftada 3 883 nafar afğon Torxam, Çaman va Bahramça çegara punktlari orqali qaytgan, ulardan 499 nafari deportatsiya qilingan. Oldingi haftaga nisbatan qaytişlar 10 foizga, deportatsiyalar esa 48 foizga kamaygan. Qaytganlarning köpçiligi (83 foizi) hujjatsiz bölgan, ular qaytiş sababi sifatida asosan hibsga olinişdan qörquvni (95 foiz) körsatgan.