● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Qayta huquqbuzarlikka qarşi: IIV Turkiya tajribasini örgandi

Özbekiston Içki işlar vazirligi vakillari probatsiya borasidagi ilğor usullar bilan tanişiş uçun Turkiyaga borib keldi.

Özbekiston Içki işlar vazirligi delegatsiyasi Turkiyaga safar qilib, u yerdagi Içki işlar vazirligiga qaraşli Probatsiya xizmatining işi bilan yaqindan tanişdi. Safardan maqsad — xorijiy tajribani örganiş va probatsiyadagi zamonaviy yondaşuvlarni özlaştiriş.

Delegatsiya aʼzolari nazoratda turgan mahkumlar bilan qanday işlanayotgani, ularning xatti-harakati qay tarzda kuzatilişi hamda takroriy huquqbuzarlikning oldini olişda turk hamkasblari foydalanayotgan zamonaviy mexanizm va ilğor amaliyot bilan tanişdi.

Safar davomida Özbekiston va Turkiyaning bu yönalişdagi tajribasi solişirildi. Natija bergan usullarni amalda qöllaş hamda soha böyiça xalqaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari alohida muhokama qilindi.