● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Trampni qöllagan arab meri endi Oq uyda maslahatçi

Miçigan ştatidagi Hamtramk şahrining sobiq meri Amer Ğolib prezident Donald Trampning arab amerikaliklar işlari böyiça elçisi va maslahatçisi etib tayinlandi.

Yamanda tuğilgan Ğolib 2024-yilda AQŞ prezidentligiga Donald Trampni qöllab-quvvatlagan ilk arab va musulmon amerikalik saylangan amaldor edi. U yangi lavozimi haqida çorşanba kuni keç Vaşingtonda Facebook sahifasida eʼlon qildi: «Prezident Trampga meni arab amerikaliklar işlari böyiça öz elçisi va maslahatçisi etib tayinlagani, doimiy işonçi va qöllovi uçun samimiy minnatdorçilik bildiraman. Amerika böylab arab amerikaliklar duç kelayotgan har bir muammoni hal qilişga vaʼda berolmayman, ammo Oq uyda arab amerikalik jamoalarning kuçli va sadoqatli ovozi bölişga, ularning taşvişlari eşitilişi va qaraşlari ifoda etilişini taʼminlaşga vaʼda beraman», — deb yozdi u.

Ğolib hozir amerikaliklarning fuqarolik faolligini rağbatlantiruvçi federal agentlik — AmeriCorpsʼda strategik hamkorlik böyiça katta maslahatçi. U bu lavozimga respublikaçi senatorlar uni Tramp qöllovi evaziga taklif qilgan AQŞning Kuvaytdagi elçisi lavozimiga qöllamasligi ayon bölgaç ötgan. Kuvayt — AQŞning muhim ittifoqçisi, u yerda bir neçta Amerika harbiy bazasi joylaşgan. Ğolibning isroilni keskin tanqid qilgani va oddiy fuqaro bölgan paytidagi ijtimoiy tarmoqlardagi boşqa fikrlari Senat tasdiğidan ötişida asosiy töşiqqa aylandi, ayniqsa qatʼiy isroilparast "Anti-Defamation League" taşkiloti va ayrim öng qanot OAVlari ularni keng tarqatgaçdan söng. Middle East Eye Oq uydan izoh söragan, biroq nasr paytigaça javob olmagan.

Ğolib Middle East Eyeʼga yangi vazifasining doirasini aniq aytmadi, ammo bu töliq stavkali lavozim emasligini va zarur bölganda taşvişlarni muhokama qiliş uçun prezident hamda Oq uy xodimlari bilan uçraşişini maʼlum qildi. «Prezident menga istagan paytimda unga bevosita murojaat qiliş imkonini berdi — eng muhimi şu. Bunday lavozim avvalgi heç bir maʼmuriyatda bölmagan», — dedi u. Ğolibning aytişiça, prezident bilan söngği 45 daqiqalik uçraşuvida migratsiya masalalari, arab amerikalik jamoalar bilan köprik quriş va ayrim radikal guruhlarning nafrat nutqiga çek qöyiş muhokama qilingan. 2024-yil oxirida Jo Baydenning isroilning Ğazoga hujumiga munosabatidan ğazablangan Miçigandagi arab va musulmon mahallalari respublikaçilarga ovoz bera boşlagan edi, biroq Tramp şundan beri Ğazoda faqat yuzaki ötaşkesimga erişdi va isroil bilan birga Eronga qarşi uruşga qöşildi.