isroil mutaxassislari Qozoğistonda kurslar oçmoqçi
isroil elçisi Yoav Bistritskiy va Qozoğiston "Diplomatiya instituti" rahbari Konstantin Jigalov ikki davlatning diplomatik akademiyalari hamkorligini kelişib oldi. Bu hamkorlik kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt böyiça seminarlarni ham öz içiga oladi.
isroil elçisi Yoav Bistritskiy Qozoğiston "Diplomatiya instituti" direktori Konstantin Jigalov bilan uçraşdi. Tomonlar ikki davlatning tegişli idoraviy akademiyalari örtasida şerikçilik qiliş istiqbollarini muhokama qildi.
Muloqot doirasida Qozoğistonda isroillik mutaxassislar iştirokida taʼlim kurslarini yölga qöyiş rejalaştirildi. Bundan taşqari, isroil diplomatik akademiyasi kursantlari öquv amaliyotini ötaydigan yönalişlarga Qozoğistonni ham qöşiş közda tutilmoqda.
Diplomatlar, şuningdek, kiberxavfsizlik, jamoatçilik bilan aloqalar (PR) va sunʼiy intellektni qöllaş böyiça bir qator qöşma amaliy seminarlar ötkaziş masalasini işlab çiqişga kelişib oldi.