Rabbimov: Yevropa Ukrainaga sevgidan emas, hisob-kitobdan yordam beryapti
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovning fikriça, Tramp pozitsiyasiga qaramay Yevropa Ukrainani qöllaşdan voz keçmayotganining sababi bitta: Kiyev qulasa, domino effekti boşlanişi mumkin.
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uzʼga bergan videointervyusida aytişiça, Donald Tramp hokimiyatni qölga olgaç, Vaşington Kiyevga berib kelgan ulkan bepul yordamning köp qismi amalda tugagan. Uning sözlariga köra, hozir AQŞ asosan razvedka axboroti bilan ulaşmoqda, biroq bu ham vaqti-vaqti bilan uzilib qolyapti, ukrain qöşinlari öz harakatlarini kelişib olişda tayanadigan Starlink aloqasida ham uzilişlar bor. Yevropa Ittifoqi Ukraina uçun Amerikadan xarid qilingan qurollar haqini tölab bölgan bölsa-da, AQŞ ularni jönatişni çözmoqda. Bundan taşqari, Yevropa mamlakatlari ilgari sotib olgan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari va uzoqqa uçadigan raketalarni uçinçi davlatga topşiriş uçun Pentagon ruxsati zarur — Rabbimovning aytişiça, bu jarayon ham hozir töxtab turibdi.
Siyosatşunos taʼkidlaşiça, «YI Ukrainani şunçaki yaxşi körgani uçun yordam berayotgani yöq» — buning zamirida, eng avvalo, strategik manfaat yotadi. Yevropa yetakçilari Ukrainani Rossiya bosqinini töxtatib turgan va uning harbiy quvvatini kamaytirayotgan qalqon deb biladi. Ularning mantiqiga köra, Ukraina yiqilib, Moskva nazoratiga ötsa, domino effekti yuzaga keladi: bir davlatning qulaşi qöşnilarga bosimni oşiradi, Rossiyaning imperiyaçilik siyosati jonlanadi, postsovet makonidagi, xususan Markaziy Osiyodagi vaziyatga taʼsir qiladi, Boltiqböyi mamlakatlariga qarşi provokatsiyalar köpayadi va pirovardida YI hamda NATO jiddiy xatarga duç keladi.
Rabbimov fikriça, şu bois Yevropa Kiyevga körsatilayotgan yordamni öz xavfsizligini himoya qilişning bir böliği deb hisoblaydi: maqsad — Rossiyani jilovlaş va uning harbiy imkoniyatlarini susaytiriş. Bu yondaşuv ideallardan köra strategik hisob-kitobga yaqin. Yana bir omil — Yevropa siyosiy elitasi Vladimir Putin vaʼdalariga işonmaydi. Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel, Fransiyaning avvalgi prezidenti Fransua Olland kabi yetakçilar bir paytlar Putin bilan muzokara qilgan; Yevropa siyosatçilari tajribasiça, u muzokarada ijobiy vaʼdalar berib, keyin ularga teskari iş tutişi mumkin. Şuning uçun Ğarbda Moskvaning maqsadlari Ukraina bilan çeklanib qolmaydi, degan qaraş bor.