● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Yevropa aholini suv va dori zaxiralaşga çaqirmoqda

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi bir qator Yevropa davlatlari fuqarolarni bir neça kunlik suv, oziq-ovqat va dori-darmon zaxirasi bilan taʼminlab qöyişga undadi.

Bir qator Yevropa davlatlari, jumladan Buyuk Britaniya va Germaniya rasmiylari fuqarolarga bir neça kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va dori-darmon zaxirasiga ega böliş zarurligini aytdi. London bu tavsiyalarni ekstremal ob-havo hodisalari va kiberhujumlar xavfi bilan izohladi.

Sky News taʼkidlaşiça, bu çaqiriqlar rasmiylarning ehtimoliy uruş haqidagi muntazam ogohlantirişlari bilan bir paytda yangramoqda. Biroq rasmiy darajada bu tavsiyalar harbiy tahdidlar bilan bevosita boğlanmayapti.

Bundan avval, 2025-yil may oyida Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi davlatlariga aholini ehtimoliy favqulodda vaziyatlarga tayyorlanişga çaqirişni tavsiya qilgan edi.