Kanada lideri ilk bor Turkiyada — sabab Tramp
Kanada Boş vaziri Mark Karni Turkiyaga keldi. Bu Kanada liderining Turkiyaga ilk ikki tomonlama taşrifi bölib, Karni bu orqali savdo aloqalarini kengaytirib, AQŞga qaramlikni kamaytirmoqçi.
Reuters agentligi xabariga köra, Karnining samolyoti payşanba kuni GMT böyiça soat 08:00 da Anqaraga qöndi. U Prezident saroyida soat 12:00 atrofida Prezident Rajab Tayyib Erdöğon bilan uçraşişi kerak edi. Masaladan xabardor bir manbaning aytişiça, ikki yetakçi mudofaa va energetika kabi tört sohada hamkorlikni çuqurlaştiriş haqidagi deklaratsiyani imzolaşi kutilmoqda. Turkiyalik diplomatik manbaga köra, ikki tomonlama munosabatlar «strategik hamkorlik» darajasiga kötariladi. Karnining ofisi taşrifdan maqsad «Kanadani savdo va investitsiya sohasida asosiy hamkor sifatida körsatiş» ekanini maʼlum qildi. Turk manbasi Karni taşrif davomida Turkiyaning taniqli işbilarmonlari bilan ham uçraşişini, savdo, investitsiya, mudofaa sanoati, xavfsizlik va energetika böyiça qöyilişi mumkin bölgan aniq qadamlar muhokama qilinişini aytdi.
Karni dunyo böylab savdo kampaniyasini olib bormoqda. U şu orqali Kanadani AQŞ bilan savdo uruşi oqibatlaridan himoya qilişga umid qilyapti: AQŞ Prezidenti Donald Tramp keng kölamli tariflar joriy etgan va qöşni davlatning suverenitetini şubha ostiga qöygan. Ötgan bir yil içida Kanada 20 dan ortiq savdo bitimini imzoladi. Bu Karnining keyingi ön yilda AQŞdan taşqari davlatlarga eksportni ikki baravar oşiriş rejasining bir qismi. Yanvarda u Xitoy bilan buzilgan munosabatlarni tiklaş uçun Pekinga borgan va elektromobillar hamda kanolaga tariflarni keskin kamaytiruvçi bitim tuzgan edi. Karni Xitoyni AQŞga qaraganda «oldindan taxmin qiliş osonroq» savdo hamkori deb atagan. Biroq Kanada eksportining qariyb 70 foizi hamon AQŞga töğri keladi. Kanada bilan Turkiya örtasidagi savdo hajmi juda kiçik: Turkiya Kanada umumiy tovar ayirboşlaşining 0,3 foizidan kamroğini, yaʼni 4,34 milliard Kanada dollarini (3,09 milliard AQŞ dollari) taşkil etadi. Lekin söngi beş yilda ikki tomonlama savdo qariyb 50 foizga ösgan. «Bu safar amerikaliklarga biz ularni kutib ötirmaganimizni bildiriş zarurati bilan boğliq geosiyosiy qadamdir», — dedi Vaterloo universiteti siyosatşunoslik professori Bessma Momani. Turkiyada 2024-yildan beri muxolifatga qarşi olib borilayotgan bosim va LGBTQ+ jamoasini nişonga olgan hibslar tanqidga uçragan, ammo Karni inson huquqlariga özidan oldingi boş vazirlarça eʼtibor qaratmayapti. «Karni Turkiyada Kanada uçun yangi iqtisodiy imkoniyatlar oçiş bilan Kanadaning tenglik uçun kuraşuvçi örta kuç sifatidagi rolini saqlab qoliş örtasida juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilişi kerak böladi», — dedi York universiteti siyosat professori Anna Agatangelu. Anqara esa sud tizimi mustaqil ekanini aytib, tergov va sud işlari siyosiy sabablarga ega ekanini rad etadi.
Karni va Erdöğon iyul oyidagi NATO yetakçilari sammitida erkin savdo bitimi böyiça muzokaralarni boşlagan edi. Öşanda Turkiya Kanadaning "Mudofaa, xavfsizlik va barqarorlik banki"ga taʼsisçi aʼzo sifatida qöşilişga ham rozi bölgan. NATO aʼzosi Turkiya jadal rivojlanayotgan mudofaa sanoati, yangi atom elektr stansiyalari va kon sanoati uçun yangi investitsiya va hamkorlik izlamoqda. Turkiya rejalaştirilgan ikkinçi va uçinçi atom elektr stansiyalarini quriş yuzasidan kanadalik "AtkinsRealis" muhandislik kompaniyasi, Janubiy Koreyaning "Korea Electric Power Corporation" va Xitoyning "State Power Investment Corporation" kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazgan. 2024-yilda Kanada Turkiyaga qurol eksportiga oid çeklovlarni, jumladan Turkiya önlab davlatlarga sotadigan dronlarda işlatiladigan optik texnologiyalarga qöyilgan çeklovlarni olib tazladi. Kanada Turkiyaga asosan yasmiq, samolyot va elektronika eksport qiladi, Turkiyadan esa tibbiy uskunalar, baliq oviga möljallangan kemalar, samolyot dvigatellari va zargarlik buyumlari olib keladi.