● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Misrlik va suriyalik talabalar "Teknofest"da ğolib — endi "Baykar"ga

Turkiyada tahsil olayotgan misrlik Abdullah Osama va suriyalik Talal Bakur dronlar uçun sunʼiy intellekt loyihasi bilan "Teknofest"dagi tanlovda birinçi örinni qölga kiritdi.

Ikki xorijlik talaba — Misrdan Abdullah Osama va Suriyadan Talal Bakur — "Teknofest" festivali doirasidagi "Aviatsiyada sunʼiy intellekt" musobaqasida ğolib deb topildi. Final bosqiçidagi ğalaba jamoaga Turkiyaning "Baykar" mudofaa kompaniyasida amaliyot ötiş huquqini berdi.

Osama Istanbuldagi "Yildiz" texnika universiteti mexatronika fakultetining törtinçi kurs talabasi. Uning jamoasi 6–7 oy mobaynida uç vazifa ustida işladi: odamlar va ulovlarni aniqlaş, GPS signali uzilib qolganda dron qayerdaligini belgilaş hamda suratlardagi obyektlarni taniş. Talabaning aytişiça, bu işlanmalardan turk mudofaa sanoatidan taşqari xavfsizlik va yöl harakatini boşqariş sohalarida ham foydalaniş mumkin.

«Loyiham nafaqat Turkiyaga, balki barça musulmon mamlakatlariga ham foyda keltirişini istayman», — dedi Abdullah Osama.