● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Embargoga qaramay: ispan zirhli maşinalarida isroil quroli Latviyaga ketdi

Ispaniyaning "GDELS-Santa Barbara Sistemas" kompaniyasi Latviya armiyasiga isroilda işlab çiqarilgan qurol minoralari örnatilgan zirhli maşinalarni topşirişni boşladi, vaholanki Ispaniya hukumati isroil bilan qurol savdosiga embargo eʼlon qilgan.

Latviya armiyasi "Mednieks" deb nomlangan piyodalar jangovar maşinalarini qabul qilmoqda. Maşinalarni ispan "GDELS-Santa Barbara Sistemas" mudofaa kompaniyasi yetkazib bermoqda, biroq ularning ustidagi qurol minorasi isroilning "Elbit Systems" kompaniyasi mahsuloti. Bu içida ekipaj ötirmaydigan UT30 MK2 rusumli jangovar modul bölib, isroilda işlab çiqarilgan.

Şartnoma qiymati taxminan 800 million yevro (929 million dollar). Unga köra, NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş doirasida 2029-yilgaça Latviyaga 84 ta zirhli maşina yetkaziladi. isroildan minoralar sotib oliş uçun tuzilgan 100 million dollarlik alohida bitim esa Ispaniya çeklovlarni joriy etişidan biroz oldin imzolangan.

Pedro Sançes boşçiligidagi Ispaniya hukumati Ğazo sektoridagi genotsid sababli isroil bilan qurol va harbiy texnologiyalar savdosiga töliq embargo eʼlon qilgan. Şunga qaramay, isroil qurol tizimlari örnatilgan texnika Latviyaga topşirilmoqda.