Husiylar hujumi: AQŞ diplomatlar oilalarini Saudiyadan çiqarmoqda
AQŞ Davlat departamenti husiylarning bir qator hujumlaridan keyin favqulodda vazifalarga jalb qilinmagan davlat xizmatçilari va ularning oila aʼzolariga Saudiya Arabistonini tark etişni buyurdi.
Bu haqda AQŞ Davlat departamenti vakili Tommi Pigott payşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi. «AQŞ Davlat departamenti favqulodda vaziyatlarga aloqador bölmagan AQŞ davlat xizmatçilari va ularning oila aʼzolarining faqat Saudiya Arabistonidan çiqib ketişi haqida buyruq çiqardi», — deb yozdi Tommi Pigott. Demak, gap qirollikdagi Amerika diplomatik vakolatxonalarining barça xodimlarini majburiy evakuatsiya qiliş haqida ketmayapti.
Avvalroq ayrim OAV AQŞ elçixonalari xodimlari va ularning oilalariga Saudiya Arabistoni bilan birga Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Qatar va Bahraynni ham tark etiş buyurilgani haqida xabar bergan edi. Davlat departamenti vakilining aytişiça, buyruq Fors körfazi mamlakatlaridagi boşqa AQŞ elçixonalari xodimlariga ham tegişli degan xabarlar «noaniq».
Pigott qarorni Yamandagi husiylarning Saudiya Arabistonidagi fuqarolik aeroportlari va boşqa muhim infratuzilma obyektlariga hujumlari köpaygani hamda mojaroning yanada keskinlaşiş xavfi bilan izohladi. Uning qayd etişiça, «husiylar Saudiya Arabistoniga qarşi jangovar harakatlarda tobora faolroq qatnaşmoqda», bu esa tinç aholi orasida qurbonlarga va qatnovda jiddiy uzilişlarga olib kelmoqda. «Departament xodimlari va ularning oila aʼzolarining xavfsizligi biz uçun eng muhim ustuvor vazifa bölib qoladi va biz ularni himoya qiliş hamda qöllab-quvvatlaş uçun barça zarur çoralarni körişda davom etamiz», — dedi Tommi Pigott.