AQŞ Saudiya Arabistonidan barça elçixona xodimlarini çiqarmoqda
Vaşington Saudiya Arabistonidagi elçixonasining barça xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etişni buyurdi, yana tört davlatdagi diplomatlarning oila aʼzolari ham ketişi kerak.
AQŞ Saudiya Arabistonidagi elçixonasining barça xodimlari va ularning oila aʼzolariga mamlakatni tark etişni buyurdi. Bu haqda AFP agentligiga diplomatik manba xabar berdi.
Bundan taşqari, amerikalik rasmiylar Birlaşgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Qatar va Bahrayndagi AQŞ diplomatik vakolatxonalari xodimlarining oila aʼzolariga ham şu davlatlarni tark etişni buyurgan.
Şu tariqa xavfsizlik çoralari birdaniga Yaqin Şarqning beşta davlatini qamrab oldi.