Uels parlamenti Ğazo haqidagi şeʼrni rad etdi
Uels parlamenti qirol Karl III iştirok etgan oçiliş marosimida milliy şoir Hanan Issaning Ğazo tilga olingan şeʼrini öqitmadi.
Uels parlamenti — Senedd komissiyasi mamlakat milliy şoiri Hanan Issaning "To Grow" ("Ösiş uçun") nomli şeʼrini parlamentning ettinçi çaqiriğini rasman oçiş marosimiga kiritmadi. Payşanba kuni bölgan marosimda qirol Karl III va qiroliça Kamilla iştirok etdi. Tadbir haqida OAVga berilgan maʼlumotlarda marosimda Issa şeʼr öqişi aytilgan edi. Biroq çorşanba kuni şoir ijtimoiy tarmoqda Ğazo va transgender şaxslarga tibbiy yordam mavzulari tilga olingan şeʼri marosim «siyosatdan xoli» ekani sabab qilinib rad etilganini yozdi. Komissiya Issa qayta işlagan va uels tiliga tarjima qilib bölingan şeʼrni «bu tadbirga mos emas» deb topdi. Issa BBC Radio Wales Breakfast dasturiga bergan intervyusida marosimga bormasligini aytdi: «Meni endi bu yerda kutişmaydi. Marosimda qatnaşmayman».
Issaning aytişiça, unga şeʼrda «keskinlik» borligi va uni «biroz yumşatiş mumkinligi» aytilgan. «Men aynan şuni qildim deb öylagandim, lekin bu yetarli bölmagani ayon», — dedi u. Şoirning söziga köra, abstraktroq tilda yozilgan ikkinçi variant ham rad etilgan. «Siyosiy masalalar muhokama qilinadigan zalda siyosiy masalalarni kötaradigan şeʼrga örin yöqligi köp narsani anglatadi, bu ança xavotirli», — dedi Issa. Uels-iroqlik şoir, kinoijodkor va rassom uels şoiri Sonders Lyuisning Uelsni uzumzorga qiyoslagan obrazidan ilhomlanib, Uelsni boğ, deputatlarni esa uning boğbonlari sifatida tasvirlaganini aytdi. «Biz yonğinlar bilan öten yozni boşdan keçirdik. Şubhasiz, toşqinlar mavsumiga kirib boryapmiz. Rejalaştirilgan maʼlumotlar markazlari yuzasidan ham odamlarda xavotir köp. Bunday narsalar juda köp, şuning uçun ular haqida gapiriş men uçun muhim edi», — dedi u. Issa Jon Lennonning «Şoirning vazifasi — odamlar nimani his qilayotganini ifoda etişga harakat qiliş» degan sözlarini ham esladi.
Senedd komissiyasi bayonotida şunday deyildi: «Işlov jarayonidan söng şeʼr bu tadbirga mos emas degan xulosaga keldik. Biz Uels milliy şoirining ijodiy mustaqilligini hurmat qilamiz va uning ijodini qadrlaşda davom etamiz». Parlament spikeri Xyu Irranka-Devis Issani «ajoyib şoir» deb atadi va şeʼri ianglamagani «afsuslanarli» ekanini aytdi, biroq marosim siyosiy bahs kuni emas, Senedd çaqiriğining boşlanişini nişonlaş imkoni ekanini taʼkidladi. "Plaid Cymru" partiyasi deputati Sera Evans şeʼr eşitilmagani «juda afsuslanarli» ekanini aytdi, partiyadoşi Sara Ris esa Issani şeʼrini Seneddda öqişga taklif qilişini bildirdi. "Reform" partiyasidagi manbalar komissiya töğri qaror qabul qilgan deb hisoblaşini aytdi. "Literature Wales" taşkiloti ham Uels demokratiyasining rasmiy bayramida adabiy çiqiş bölmayotganidan afsuslanişini, biroq komissiya qarorini qabul qilişini maʼlum qildi.