Tramp somaliliklarni «past IQli» deb atadi
AQŞ prezidenti Donald Tramp nutqida Somalidan kelganlarni «past IQli» deb atadi va ular Amerikaga pulsiz kelib, boyib ketayotganini aytdi.
Tramp somaliliklar haqida gapirar ekan, Minnesota ştatini tilga oldi. Uning aytişiça, bu ştat butun mamlakatda "Mercedes-Benz" avtomobillari eng köp sotiladigan joy.
«Somaliliklar bu yerga past IQ bilan, pulsiz keladi va boyib ketadi. Özimizni ahmoqdek his qilamiz, lekin bilasizmi, firibgarlikka qarşi bölimimiz ularning hammasini qölga tuşiryapti, hammasini», — dedi Donald Tramp.
Şu nutqida Tramp Maksin Uotersni ham «past IQli odam» deb atadi, Çak Şumer va Nensi Pelosini tilga oldi. U tinglovçilardan ular haşamatli maşinalarda yuradigan barça firibgarlar, öğrilar va bezorilarning vakili bölişini istaysizmi, deb söradi.