Saudiyada ikki bangladeşlik qatl etildi
Saudiya Arabistoni rasmiylari Makkadagi masjid içida «nojöya harakatlar» qilganlikda ayblangan ikki Bangladeş fuqarosiga nisbatan ölim jazosini ijro etdi.
Saudiya Arabistoni rasmiylari Bangladeşning ikki fuqarosi — Nazrul Islam Abdul Basir va Siti Axtarga nisbatan ölim jazosini ijro etdi. Erkak va ayolni xavfsizlik organlari hibsga olgan, ular bevosita Makkadagi masjid içida «axloqsiz harakatlar» qilganlikda aybdor deb topilgan.
Sud ikkalasini ham «ta'zir» (islom huquqida qozining ixtiyoriga körä tayinlanadigan jazo) toifasi böyiça oliy jazo — qatlga hukm qildi. Hukm «jinoyatning öta oğirligi, u sodir etilgan holatlar va Alloh uyining muqaddasligi haqoratlangani» bilan asoslangan.
Hukm sud instansiyalarida tasdiqlanib, qirollik farmoni çiqqanidan keyin Makka mintaqasida ijro etildi. Qirollik Içki işlar vazirligi diniy muqaddas joylar daxlsizligiga qilingan har qanday tajovuzni qattiq çoralar bilan töxtatiş niyatida ekanini ta'kidladi.