● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Smotriç Saudiyaga: "Bizga şart qöymang"

isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç Saudiya Arabistonini Falastin davlatini tuziş talabi bilan bosim ötkazmaslikka va şart qöymaslikka çaqirdi.

isroil moliya vaziri Betsalel Smotriç Saudiya Arabistoni haqida gapirar ekan, Yaqin Şarqda muvaffaqiyatga erişiş uçun özini hurmat qiliş va hamkor bölişni istaganlardan ham hurmat talab qiliş kerakligini aytdi.

«Biz Saudiya Arabistonini hurmat qilamiz. Uning içki işlariga heç qaçon aralaşmaymiz», — dedi Betsalel Smotriç.

«Bizga baho beriş sizning işingiz emas. Falastin davlatini tuziş orqali özimizni öldirişimizni talab qilib, bizga bosim ötkazmang. Bizga heç qanday şart qöymang», — dedi u.