● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Anqara Rossiya dizelidan uluş oladi

Anqara Tramp bilan tuzilgan kelişuv doirasida Rossiya yetkazib beradigan dizel yoqilğisining bir qismini olişga kelişib oldi, — dedi Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar.

Vazirning söziga köra, Rossiya söngi oylarda dizel yoqilğisi eksportiga çeklovlar joriy qilgan. Endi Tramp bilan kelişuvga erişilganidan söng Anqara muzokaralar ötkazib, yetkazib berişlarning bir qismini olişga erişdi.

«Endi Tramp bilan dizel yoqilğisi böyiça kelişuv tuzildi. Unga köra, dizelning bir qismi Turkiyaga, bir qismi esa Amerikaga yöl oladi. Biz ötkazgan muzokaralar tufayli bu dizelning bir qismini biz ham olamiz», — dedi Alparslan Bayraktar.

Vazir bu kelişuv energiya resurslarining katta qismini xorijdan oladigan Turkiyaning energetika xavfsizligi uçun muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.