● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Albaniyada noroziliklar keskinlaşdi, Oliy sudda yonğin

Albaniya poytaxti Tiranada namoyişçilar, xabarlarga köra, Oliy sud binosida joylaşgan tijorat xonasiga öt qöydi.

Bu voqea norozilik aksiyalari tartibsizliklar bilan keçayotgan şaharda keskinlik kuçayayotganidan dalolat beradi.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, 17-oktabr kuni yonğin Oliy sud binosi yonidagi tijorat xonasida boşlangan, söng olov sudning bir qism xonalariga tarqalgan. Voqea joyiga öt öçiruvçilar yetib keldi.

Töqnaşuvlar çoğida namoyişçilar Albaniya Markaziy banki binosiga ham "Molotov kokteyli" otdi. Politsiya közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlarni qölladi.

Noroziliklar beşinçi kundan beri davom etmoqda. Aksiya iştirokçilari ta'lim şaroitlarini yaxşilaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va boş vazir Edi Ramaning iste'fosini talab qilmoqda.