● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Netanyaxu: «Ğazoning 60 foizdan ortiği bizda»

isroil Boş vaziri Benyamin Netanyaxu Hamasni qurolsizlantiradigan xalqaro kuç topilmagani uçun bu vazifani isroil armiyasi bajarişini aytdi.

Netanyaxu 22-oktabr kuni "Arutz Şeva — Israel National News" naşriga bergan maxsus intervyusida isroil Ğazo sektorining 60 foizdan ortiğini nazoratga olganidan keyin Qöşma Ştatlarga Hamasning qolgan qismini tarqatib yuboradigan xalqaro kuç tuzişni taklif qilganini maʼlum qildi. «Hamma bunga rozi: Hamas qurolsizlantirilişi kerak. Şuning uçun amerikalik dostlarimizga aytdim: mayli, Hamasni, undan qolganini parçalab taşlaydigan qandaydir xorijiy kuç olib kelişingiz mumkin. Men bunga qarşi emasman», — dedi Netanyaxu.

Boş vazirning söziga köra, isroil bunday kelişuv amalga oşişini bir neça oy kutgan, biroq xalqaro kuç tuzilmagan. «Şuning uçun menimça, boşqa yöl qolmaydi: isroil armiyasi kirib, işni oxiriga yetkazadi. Xuddi Livanda ham isroil armiyasi borib, "Hizbulloh"ni tugatişdan boşqa yöl qolmaganidek», — dedi u. Netanyaxu Eron rejimi ağdarilsa, u qöllab-quvvatlayotgan guruhlar ham zaiflaşişini taʼkidladi: «Tasavvur qiling, biz Eron rejimini tugatganimizdan keyin "Hizbulloh"ning butun tayanç tizimi qulaydi. Hamasning Eron tayançi qulaydi. Biz ularning hammasini tugatamiz».

Intervyu 27-oktabr kuni bölib öta digan Knesset saylovidan beş kun oldin berilgan. Netanyaxu unda Mossad va isroil armiyasiga Eron rejimini ağdariş yuzasidan körsatma berganini yana bir bor takrorladi: «Bu tugaganiga kafolat berişning yagona yöli bor — u ham bölsa, şu rejimni qulatiş. Mossad va armiyaga bergan körsatmam şu. Biz ularni qulatamiz». U Falastin davlati masalasida ham pozitsiyasini özgartirmadi: «Men isroil Boş vaziri ekanman, Falastin davlati bölmaydi. Bu bizni yöq qiliş formulasi. Şuning uçun bu sodir bölmaydi».