Braziliyalik erkakning sevgilisi sun'iy intellekt çiqdi
Braziliyada bir erkak uylanmoqçi bölgan ayolini topiş uçun bor-budini sotib, qariyb 2 ming kilometr yöl bosgan, ammo u ayol sun'iy intellekt yordamida yaratilgan personaj bölib çiqdi.
49 yoşli Edimar Roşa Martins 9-oktabr kuni yöl xarajatlarini qoplaş uçun barça narsalarini sotib, avtobusga çipta olgan va Minas-Jerays ştatining Belu-Orizonti şahri tomon yölga çiqqan. U manzilga 11-oktabr kuni yetib borib, internetda tanişgan ayolni qidira boşlagan.
Martins bu ayolning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini birinçi marta 2020-yilda uçratgan. Videolarda «bloger qiz» özini yolğiz yaşaydigan ferma bekasi deb taqdim etib, hayot hamrohi izlayotganini aytgan. Erkakning söziga köra, bu sun'iy intellekt yaratgan personaj bölişi mumkinligidan u hatto şubhalanmagan. Şaharda ayolni topa olmagan Martins radiostansiyaga ham murojaat qilgan: «Men radiostansiyaga bordim, u yerdagilar esa bu yolğon xabar ekanligini, bunday ayol mavjud emasligini aytişdi», — dedi Edimar Roşa Martins.
Puli tugagaç, Martins şahar hokimligiga borgan va ijtimoiy xodimga yolğizlikdan toliqqani uçun sevgilisini izlab şunça uzoq yöl bosganini aytgan. Meriya unga yordam berib, uyiga qaytiş uçun çipta olib bergan. Keyinroq sahifa egasi joylagan videoda bu qahramon ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot reklama qiliş uçun sun'iy intellekt yordamida yaratilgani va Edimar bilan heç qaçon yozişmagani ma'lum qilindi.