● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Kosonsoy hokim örinbosari 65 million söm bilan uşlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hokim örinbosari uyiga quyoş panellari qöydiriş uçun tadbirkordan 65 million söm olayotgan paytda qölga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining maʼlum qilişiça, tezkor tadbirni DXX Namangan viloyati boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari birgalikda ötkazdi. Tuman hokimining örinbosari pulni öz xizmat avtomaşinasida qabul qilayotganida aşyoviy dalillar bilan qölga tuşirilgan.

DXX xabariga köra, mansabdor lavozim vakolatlaridan suiisteʼmol qilib, mahalliy tadbirkordan uyiga quvvati 20 kVt bölgan quyoş panellarini qöyib berişni talab qilgan. Tadbirkor rozi bölmasa, hokimlik unga ijaraga bergan yer uçastkasini tortib olib, boşqa tadbirkorga berişini aytib qörqitgan. 65 million söm panellarni xarid qiliş va örnatiş xarajatlari uçun berilgan.

Hokim örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov davom etmoqda.