● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Qozoğiston armiyasida uçuvçisiz qöşinlar paydo böladi

Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi Qurolli kuçlarni modernizatsiya qiliş va yangi Uçuvçisiz qöşinlar turini tuzişni nazarda tutadigan harbiy islohot rejasini tasdiqladi.

Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga köra, reja Qurolli kuçlarni modernizatsiya qiliş, harbiy boşqaruv va tayyorgarlik tizimini qayta qurişga hamda Uçuvçisiz qöşinlar degan yangi qöşin turini tuzişga qaratilgan. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 21-oktabr kuni Xavfsizlik kengaşi yiğilişini olib bordi va unda iloji boriça qisqa muddatda zamonaviy, harakatçan va texnologik jihatdan ilğor armiya yaratişga çaqirdi.

«Xizmat xavfsizligi, qömondonlik madaniyati va davlat resurslaridan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratiş kerak. Armiya va jamiyat örtasidagi munosabatni ham özgartiriş lozim. Bu kompleks islohot masalasidir. Çala-yarim yeçimlar kerakli natija bermaydi», — dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Aida Balayeva xalqaro harbiy tajriba, zamonaviy uruş xususiyatlari va mahalliy mutaxassislar takliflari inobatga olinib işlab çiqilgan rejaning asosiy qoidalarini taqdim etdi, Mudofaa vaziri Aydos Mirzaxmetov esa Qurolli kuçlarni modernizatsiya qiliş rejasi haqida maʼlumot berdi. Rejaga köra, majburiy harbiy xizmat ikki bosqiçli böladi: çaqiriluvçilar dastlabki olti oyni harbiy öquv markazlarida, keyingi olti oyni esa harbiy qismlarda jangovar tayyorgarlik va bölinma tarkibida vazifalarni bajarib öteydi. Islohot harbiy xizmatçilar xavfsizligini kuçaytiriş va ularning huquqlarini himoya qilişni ham öz içiga oladi: intizomni mustahkamlaş uçun harbiy maslahatçi lavozimlari va harbiy xizmatçilar işlari böyiça vakolatli organ tuziladi, yagona harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimi kengaytiriladi, ixtisoslaşgan harbiy maktablar soni köpaytiriladi va boşlanğiç harbiy tayyorgarlik yaxşilanadi. Qurolli kuçlar yangi axborot-kommunikatsiya strategiyasini qabul qiladi va "Qonun va tartib" konstitutsiyaviy tamoyili asosida tarbiyaviy işlarni takomillaştiradi. Taşkiliy çoralar 2026-yil oxirigaça, asosiy konseptual islohotlar esa 2027-yilda amalga oşirilişi kutilmoqda. Toqayev Mudofaa vazirligini har tomonlama tekşirayotgan komissiya işini yil oxirigaça yakunlaşni topşirdi va harbiy xavfsizlik tegişli davlat organlarining muvofiqlaştirilgan saʼy-harakatlarini talab qiladigan milliy ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi. Islohot rejasining ijrosini hukumat va Xavfsizlik kengaşi muvofiqlaştiradi.