● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Italiyada 8 şahar namoyişga çiqadi: osmonda dron va vertolyotlar

Ötgan hafta oxiridagi tartibsizliklardan keyin Italiya şanba kuni Rim va Milan kabi sakkiz şaharda qimmatçilik va byudjet qisqarişiga qarşi bölib ötadigan yangi namoyişlarga kuçli xavfsizlik çoralari bilan tayyorlanmoqda.

Ötgan dam oliş kunlari ayrim namoyişlar zöravonlikka aylanganidan keyin şanba kuni Italiyada xavfsizlik kuçlari keng safarbar qilinmoqda: namoyişlar Rim va Milan kabi sakkiz şaharda rejalaştirilgan. Ular talabalar, yuk maşinasi haydovçilari va fermerlarning byudjet qisqarişi hamda uy-joy va yoqilği narxi kabi turmuş qimmatlaşuvi masalalari bilan boğliq noroziliklari tölqini fonida bölmoqda. Rim politsiyasi bayonotida «ham jismoniy, ham virtual hududni töliq qamrab olişi» va namoyişlarni kuzatiş uçun dron va vertolyotlardan foydalanişini maʼlum qildi. Şu bilan birga politsiya «fikr, jumladan, norozilik bildiriş huquqidan töliq foydalanişni, lekin qatʼiy qonun doirasida, himoya qilişni» maqsad qilganini taʼkidladi.

Milanda ötgan hafta oxiridagi namoyişlardan keyin yuborilgan qöşimça askarlar şahar markazida patrul olib boradi, biroq şahar meri Juzeppe Sala şaharni yopiş rejasi yöqligini aytdi. «Ötgan hafta oxirida bizning sonimiz yetarli emas edi. Biz şunçaki köproq bölişga harakat qilamiz», — dedi u "Radio Lombardia"ga. Moda markazidagi bir qança butiklar ötgan hafta talon-toroj qilingani, boşqalari esa yopilgani yoki vitrinalarini olib qöygani ortidan Sala dökonlarni şanba kuni yopilmaslikka çaqirdi. «Agar vahima tarqalsa, hamma narsa töxtaydi», — dedi u juma kuni. Özini "17-oktabr harakati" deb atagan guruh sakkiz şaharda GMT böyiça soat 13:00 da namoyişga çaqirgan: uning aytişiça, har bir şaharda uçtadan namoyiş bölib, ular bir joyda birlaşadi, joylar esa boşlanişiga yarim soat qolganda eʼlon qilinadi. Bundan tari, "Antiimperialistik öq" nomli uruşga qarşi harakat ham Rimda miting uyuştirgan.

Boş vazir Jorjiya Meloni boşçiligidagi öta öng hukumat şu hafta voyaga yetmaganlarni hibsga oliş qoidalarini yumşatadigan, "namoyişda zöravonlik bilan işhtirok etiş" degan jinoyat turini joriy qiladigan va namoyişlar paytida farzandlari yetkazgan zarar uçun ota-onalarga jarima soladigan xavfsizlik farmonini qabul qildi. Politsiya juma kuni ötgan hafta oxiridagi namoyişlarda talon-toroj va tartibsizliklarda işhtirok etganlikda gumon qilinganlarga qarşi önlab tintuvlar ötkazganini maʼlum qildi. Hukumat yuk maşinasi haydovçilari va baliqçilarga yoqilği narxining keskin oşişiga doş berişda yordam beradigan bir qator çoralarni ham tasdiqladi. Italiya janubini falaj qilib, bir necça kun davomida yoqilği va oziq-ovqat tanqisligiga sabab bölgan yuk maşinalari blokadalarining deyarli barçasi hozir olib tasşlangan.