Iroq Eron bilan asosiy çegarani yopdi, Tehron xabarsiz qoldi
Iroq Eron bilan çegaradagi eng muhim savdo darvozalaridan biri — "Al-Şib" ötiş punktini yölovçilar va yuklar uçun yopdi.
Hukumat vakilining The Nationalʼga aytişiça, çorşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6:00 da kuçga kirgan qaror keyingi ogohlantirişgaça amal qiladi. Uning söziga köra, çora Boş vazir Ali al-Zaydiyning bevosita buyruği bilan, "ötiş punkti içidagi xavfsizlik tartibini qayta körib çiqiş" uçun qabul qilingan. Çegara xizmati vakili Reutersʼga yopiliş xavfsizlik tekşiruvi va taqiqlangan buyumlar kontrabandasining oldini oluvçi aniqlaş uskunalarini örnatiş bilan boğliqligini aytdi. Maysan viloyatidagi bu punkt ikki davlat örtasidagi asosiy savdo darvozalaridan biri: u orqali oziq-ovqat va quriliş materiallari taşiladi, eronlik ziyoratçilar esa Najaf va Karbalodagi muqaddas qadamjolarga boradi.
Eron davlat OAVlari xabar berişiça, Tehron "Al-Şib" yopilişi haqida oldindan ogohlantirilmagan. Eron Içki işlar vazirligi vakili Ali Zeynivand masala örganilayotganini aytdi. Uning söziga köra, xavfsizlik sababli çegara punktlarini bir neça soatga vaqtinça yopiş «odatiy hol hisoblanadi va bunday hollarda boşqa tomonni oldindan xabardor qiliş talab etilmaydi», biroq ikki davlat kelişuviga muvofiq, bir kundan ortiq yopiliş oldindan ogohlantirişni talab qiladi. «Çegaralarning yopilişi iroqlik savdogarlar va tadbirkorlar uçun köproq muammo tuğdiradi, uning salbiy taʼsiri ular tomon uçun kattaroq. Şuning uçun bu umumiy masala va ötkazilayotgan tekşiruvlar natijasida muammo hal bölişiga umid qilamiz», — dedi Zeynivand.
Hukumat vakilining aytişiça, Eron bilan boşqa çegara punktlari ham bosqiçma-bosqiç yopilişi kutilmoqda. Agar Şalamçe, Zurbotiya va Mandali kabi punktlar ham yopilsa, ötgan yili 10 milliard dollardan oşgan Iroq–Eron savdosiga jiddiy zarba yetadi. Iroq sentabrda Saudiya Arabistoniga dron hujumlaridan keyin ehtiyot çorasi sifatida Şalamçe punktini vaqtinça yopgan edi. "Al-Şib" yopilişi asosiy mahsulotlar, ayniqsa janubiy bozorlarda ustun bölgan yangi meva-sabzavot va eron quriliş materiallari narxini oşirişi mumkin. Qaror Eronparast siyosiy bloklar ğazabini qözğaşi ehtimoli bor: ular hukumatni AQŞ Tehronga keng sanksiyalar qöllab turgan bir paytda Vaşingtonga haddan ortiq yon bosişda ayblab kelmoqda. Asosan Eron qöllab-quvvatlaydigan guruhlardan iborat eng yirik şia parlament bloki — "Muvofiqlaştiruv çorçasi" içidagi tanqidçilar savdo punktlarini yopiş amalda AQŞ sanksiyalarini ijro etiş va Eron savdosiga iqtisodiy boğliq çegara viloyatlariga zarar yetkaziş ekanini taʼkidlaydi, tarafdorlar esa Bağdod çegara nazoratini kuçaytirişi va importni diversifikatsiya qilişi kerakligini aytadi. Boş vazir devoni hozirça yopilişlar kölami va muddati haqida rasmiy bayonot bermagan.