Eron Hormuz ostidagi 7 internet kabeliga tahdid qildi
Eron Islom inqilobi soqçilari korpusi (SEPAH) Hormuz böğozi orqali ötadigan yirik internet kabellarini nişonga olişi mumkinligini ma'lum qildi.
Eron Islom inqilobi soqçilari korpusi (SEPAH) Hormuz böğozi orqali ötadigan yirik internet kabellarini nişonga olişga tahdid qildi. Korpus AQŞ bilan davom etayotgan uruş va Eronga nisbatan kuçayib borayotgan qamal fonida yangi nişonlarni aniqlaganini bildirdi.
«Hormuz böğozi ostidan yettita yirik internet kabeli ötadi, duşman bilib qöysin: bizning yangi nişonlarimiz bor», — deyiladi SEPAHning duşanba kungi bayonotida.
Bundan avval AQŞning Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ummon va isroildagi elçixonalari yakşanba kuni keçqurun tarqatgan bayonotlarida xavfsizlik vaziyati tez özgarişi, jumladan Eron va uning ittifoqçilari hujum qilişi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Elçixonalar AQŞ fuqarolarini «murakkab xavfsizlik muhiti» sababli «yuqori huşyorlik»ka çaqirib, reyslar bekor qilinişi, havo hududi yopilişi va safarlarda uzilişlar bölişi mumkinligini aytdi hamda mintaqaga boradigan va undan qaytadigan amerikaliklarga aeroport va aviakompaniyalar xabarlarini kuzatib borişni, oldindan muqobil reja tuzib qöyişni maslahat berdi. Bayonotlarda Eron qöllab-quvvatlayotgan husiylar Saudiya Arabistoniga qarşi harbiy harakatlar olib borgani, jumladan fuqarolik aeroportlari va boşqa muhim infratuzilmaga hujum qilib, tinç aholi orasida qurbonlar va safarlarda jiddiy uzilişlarga sabab bölgani qayd etildi; elçixonalar bu harbiy harakatlar «tezda şu hududdan taşqariga ham kengayişi mumkin»ligini ta'kidladi.