● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Rossiya razvedkasi Tramp kuyovining iPhoneʼini buzdi

"Vanity Fair" naşrining xabar berişiça, Rossiya harbiy razvedkasi AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning iPhone telefonini buzgan, söngra unga Niderlandiya razvedkasi ham kirib olgan.

"Vanity Fair" naşriga köra, Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning iPhone telefoni avval Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan buzilgan. Şundan söng telefonga Niderlandiya razvedkasi ham kirib olgan va Kuşnerning maxfiy moliyaviy operatsiyalarini kuzatib borgan.

Naşr maʼlumotiga köra, Kuşner Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari rahbarlari bilan maxfiy moliyaviy kelişuvlar tuzgan. Dastlab 10 milliard dollardan ortiq mablağ ajratiş muhokama qilingan, keyinroq esa kamida 2 milliard dollar taʼminlangan.

Xabarda aytilişiça, 750 million dollar Özarbayjon orqali BAAga ötkazilgan, jami 1 milliard dollarga yaqin mablağ esa Isroilga yönaltirilgan. Kuşnerning advokati ayblovlarni rad etgan.