● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Ibn Sinoning bolaligi kinoga aylanadi: «Husayn» 2027-yilda ekranda

Özbekistonda yoş Ibn Sino — Husayn ibn Abdulloh hayotidan hikoya qiluvçi «Husayn» badiiy filmi yaratiladi, uning premyerasi 2027-yil iyuniga mölljallangan.

Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 19-oktabrda qabul qilgan 575-son qaror bilan Abu Ali ibn Sino ilmiy merosini tadqiq etiş va tarğib qilişga qaratilgan, 2030-yilgaça amal qiladigan «yöl xaritasi»ni tasdiqladi. Film şu hujjatning bir qismi: unda bölajak tabibning tabobatga işqi, ustozlariga vafodorligi va insonparvarligi orqali bolalarga axloqiy örnak körsatiş közda tutilgan. Suratga oliş işlari 2026-yil oktabrida bajariladi, montaj, ovoz yozuvi, musiqa va rang ustidagi işlov esa 2027-yil iyunigaça tugatiladi — premyera ham aynan şu oyda bölişi rejalaştirilgan.

2027-yil sentabridan film kinozallar, telekanallar va raqamli platformalarda tomoşabinlarga taqdim etiladi, taʼlim muassasalarida namoyişlar va ijodkorlar bilan uçrașuvlar taşkil qilinadi. 2028-yil martida xorijiy tillardagi subtitrli talqinlar tayyorlanib, lenta xalqaro kinofestivallarga yuboriladi, xorijlik distribyutorlar hamda striming xizmatlari bilan muzokaralar boşlanadi. Hujjat, şuningdek, 2030-yilda alloma tuğilganining 1050 yilligini nişonlaşga tayyorgarlikni ham qamrab oladi.

Qaror bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti qoşida davlat muassasasi maqomida Abu Ali ibn Sino ilmiy-tadqiqot markazini oçiş taklifi maʼqullandi. Markaz allomaning tibbiy merosini örganadi, ilmiy naşr va öquv qöllanmalari tayyorlaydi, xalqaro loyihalarda iştirok etadi, şifokorlar hamda tibbiyot tarixi ixlosmandlari uçun kurs va mahorat darslari ötkazadi; u institut binosida bepul foydalaniş asosida joylaşadi va byudjetdan taşqari mablağlar, xalqaro grantlar, pullik xizmatlar daromadi hamda homiylar xayriyasi hisobiga moliyalaştiriladi. Bundan taşqari, 2030-yilgaça Ibn Sinoning xorijiy va mahalliy arxiv hamda kutubxonalardagi qöllyozmalari, asarlari va naşrlarining raqamli nusxalari yagona bazaga yiğiladi, asarlar özbek tiliga ögiriladi, «Tib qonunlari» asariga bağişlangan monument ham barpo etiladi.