● Sayt sinov rejimida işlamoqda

Qirol Çarlz Ummon ahlini hadis bilan maqtadi

Britaniya qiroli Çarlz Ummon sultoni Haysam bin Toriqning Buyuk Britaniyaga taşrifi doirasida Payğambarimiz ﷺning Ummon ahli haqidagi hadislarini keltirdi.

Britaniya qiroli Çarlz Ummon sultoni Haysam bin Toriq Buyuk Britaniyaga taşrif buyurgan paytda Payğambarimiz ﷺning Ummon ahli haqidagi hadislarini tilga oldi.

«Agar Ummon ahliga borganingda, ular seni sökmas ham, urmas ham edilar», — dedi qirol Çarlz hadisni keltirib.

Bu hadisni Imom Muslim «Sahih» asarining «Sahobalar fazilatlari» kitobida Abu Barza Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan. Hadisda aytilişiça, Rasululloh ﷺ arab qabilalaridan biriga bir kişini yuborganlar, ular uni sökib, urgan. U kişi qaytib kelib bu haqda xabar berganida, Payğambarimiz ﷺ yuqoridagi sözlarni aytganlar.