Köçada qolgan 3 aka-uka: «Ajrimni heç qaçon öylamang»
Iordaniyada ota-onasi ajraşgani sabab köçada qolgan uç aka-ukaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng hamdardlik uyğotdi, odamlar ularga uy va iş topib berdi.
Uç aka-uka — Muhammad, Habib va Hasib Iordaniyaning şimoli-şarqidagi Mafraq viloyatidan, videoda esa poytaxt Ammanda körindi. Voqea katta aka Habib öz sahifalariga «Ota-ona ajrimi natijasi» degan nom bilan video joylaganidan keyin boşlandi. Al Jazeera Net maʼlumotiga köra, ularning ota-onasi 14 yil oldin ajraşgan, aka-ukalarning aytişiça, oilaviy kelişmovçiliklar ularni boşpanasiz qoldirgan. Habib bolalikdan otasining qölida ulğayganini, ögay ona otasini ularga qarşi doim gij-gijlab turganini va oxiri köçaga haydalganini aytdi. Uning söziga köra, 15 yoşidan beri bu muammolarni boşidan keçirmoqda: köp marta köçada tunagan, öz kunini körib ketiş uçun erta işlay boşlagan. Video tungi soat uçlarda, qattiq sovuqda, mijja qoqmay ötirgan paytda yozilgan. Aka-ukalar avval qarindoşlarining oldiga borgan, biroq u yerda dilni oğritadigan gaplar eşitgaç, ğururi yöl qöymay, butun buyumlari va kiyimlarini taşlab, yana köçaga çiqqan.
Habib videoda Iordaniya qiroli Abdulla II ga murojaat qilib, keç tunda ijtimoiy tarmoqlarda çiqişlari tilançilik yoki pul söraş emasligini, bunga köçada qolgani va boşqa çora qolmagani majbur qilganini taʼkidladi. «Bizga eng yaqin odamlarimiz zulm qildi. Tasavvur qiling, öz oilangiz sizga şunday qilsa, begona nima qiladi? Köp narsa sörayotganim yöq, faqat iş va ukalarim bilan ijaraga olib yaşaydigan, öz kuçimiz bilan kun köradigan munosib uy istayman», — dedi u köz yoşlarini tiya olmay. Video tarqalişi bilan iordaniyaliklar hamdardlik bildirib, yordam taklif qila boşladi. Bir foydalanuvçi «Azizlarim, xursand böling, sizlarga alohida uy, iş, taʼlim va oila bor, iltimos, boğlaning», deb yozdi. Yana biri «Yigitlarning közida rostgöylik va halollikni, izzat bilan yaşaş, öz kelajagini qurişga intilişini köryapman», deb izoh qoldirdi. Iordaniyalik kontent yaratuvçi va bloger Umar al-Avad esa aka-ukalarni öz uyida yaşatişini eʼlon qildi.
Uç kundan keyin aka-ukalar yangi videoda qiyinçiliklari ortda qolganini aytdi: ular Ammanga köçib ötgan, Allohning fazli va odamlarning yordami bilan munosib uy va iş topgan, endi faqat taʼlimni davom ettiriş uçun maktabga qaytiş qolgan. Ular ikkinçi çiqişida şubha qilganlarga keskin javob berib, ommaviy axborotga çiqişlari odamlarni aldaş yoki «trend»ga ergaşiş emas, balki rostdan boşidan keçirgan aççiq haqiqat ekanini taʼkidladi. Yoşlarga «Erişmoqçi bölsang, erişasan, faqat intil, harakat qil va odamlarning gapiga qarama», deb maslahat bergan aka-ukalar ota-onalarga ham murojaat qildi: «Boşidanoq, agar uylanmoqçi bölsang, ajrim haqida heç qaçon öylama».