Anqara: Yunoniston turklarga «soxta muftilar»ni tiqiştirmoqda
Turkiya Taşqi işlar vazirligi Yunonistonni Komotini va Ksantida soxta muftilar tayinlab, Ğarbiy Frakiya turk ozçiligining huquqlarini mensimaslikda aybladi.
Yunonistonning Komotini (Gumulcine) va Ksanti (Iskeçe) şaharlarida soxta muftilar tayinlagani jamoatçilikda norozilik uyğotdi. Şu munosabat bilan Turkiya Taşqi işlar vazirligi 24-oktabr kuni bayonot tarqatdi. Unda Yunoniston bu tayinlovlar orqali Ğarbiy Frakiya turk ozçiligining xalqaro kelişuvlar bilan kafolatlangan asosiy huquq va erkinliklarini mensimayotgani aytildi.
«Yunoniston Komotini va Ksantida soxta muftilar tayinlab, Ğarbiy Frakiya turk ozçiligining "Lozanna tinçlik şartnomasi" va xalqaro kelişuvlar bilan kafolatlangan asosiy huquq va erkinliklarini mensimaslikda davom etmoqda», — deyiladi bayonotda. Vazirlik muftilik instituti Ğarbiy Frakiya turk ozçiligining diniy, ijtimoiy va madaniy öziga xosligining ajralmas qismi ekanini taʼkidladi. Bayonotga köra, Yunoniston mamlakatdagi rasmiy ozçilik bölgan Ğarbiy Frakiya turklari öz saylagan muftilarni tan olmaslikda turib olib, ozçilikning irodasi va din erkinligini eʼtiborsiz qoldirmoqda hamda asosiy inson huquqlariga nisbatan buzuq qaraşini yana bir bor namoyon etmoqda.
«Yunoniston rasmiylarni ozçilik saylagan qonuniy muftilarni tan olişga va tayinlangan muftilarni majburan tiqiştiriş urinişlaridan voz keçişga çaqiramiz», — deyiladi Turkiya Taşqi işlar vazirligi bayonotida.